Axborotli-kompyuter tarmoqlari
Tarmoqlar — bu tezda murojaat
k,ilsa bo’ladigan ma’lumotning
cheksiz olamidir.
Firmani samarali boshqarish tijorat va moliya bozorlarining holatini uzluksiz
kuzatmasdan va o’zining filiali va xodimlari faoliyatini tezkor o’zaro
muvofiqlashtirmasdan iloji yo’qdir.
Aytilgan jarayonlarni amalga oshirish, ko’pincha bir-biridan territoriya jihatdan
uzoqlashgan ko’p sonli turli xil mutaxassislarning boshqarishda birgalikda
qatnashishini talab еtadi. Bunday vaziyatda bu mutaxassislarning samarali o’zaro
harakatlanish tizimini tashkil еtishning markazita taqsimlangan axborot-hisoblash
tizimlari quyilishi kerak.
Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash — hududiy jihatdan taqsimlangan
tizim ko’rinishiga еga bo’lib, bir-biriga bog’liq bo’lmagan, lekin o’zaro bog’langan
kompyuterlarda bajariladigan ma’lumotlarni qayta ishlashdir.
Axborotni taqsimlangan qayta ishlash tizimining birinchi vakillari ma’lumotni
teleqayta ishlash tizimlari va ko’p mashinali hisoblash tizimlari bo’lgan еdi.
Ma’lumotlarni teleqayta ishlash tizimlari — bu axborot-hisoblash tizimi
bo’lib, ularda, aloqa kanallari bo’yicha qayta ishlash markazita kelib tushuvchi
qiymatlarni masofadan turib markazlashgan ravishda qayta ishlash bajariladi.
Ko’p mashinali hisoblash tizimlari — bu bir nechta bir xil yoki mustaqil
ravishda turli xil kompyuterlarni o’z ichiga olgan tizim bo’lib, unda kompyuterlar
bir-biri bilan ma’lumotlarni almashish qurilmasi, xususan, aloqa kanallari bo’yicha
bog’langan. Aloqa kanallari bo’yicha bog’langanda gap ma’lumot-hisoblash
tarmoqlari ustida yuritiladi.
AXBOROT-HISOBLASH TARMOQLARI
JIXOZLARINING TARKIBI
Tuzilish jihatdan AHT o’z ichiga quyidagilarni oladi:
• tarmoq uzellariga joylashtirilgan kompyuterlar (ishchi stanыiyalari va serverlar);
• ma’lumotlarni uzatish apparaturasi va kanallari, ular bilan birga bo’lgan
periferiya qurilmalari bilan;
• interfeys platalari va qurilmalari (tarmoqli platalar, modemlar);
• marshrutlovchilar va kommutaciya qurilmalari.
Tarmoqlarda, foydalanuvchilar bilan aloqa qilish uchun hududiy qurilmalar
bilan jihozlangan yoki axborotlarni kommutaciya va marshrutlash vazifalarini
bajaruvchi bitta foydalanuvchili mini va mikroЕHM lar (shu jumladan shaxsiy
kompyuterlar ham), quvvatli ko’p foydalanuvchili ЕHM lar (mini-ЕHM katta
ЕHM lar) ham ishlatilishi mumkin. Oxirgisi ma’lumotlarni samarali qayta
ishlashni bajaradi va tarmoqdan foydalanuvchilarni turli-tuman axborot-hisoblash
resurslari bilan masofadan ta’minlaydi, ya’ni serverlarning va quvvatli ishchi
stanciyalarining vazifalarini amalga oshiradi.
ЕHM ning axborotlarni uzatish apparaturasi va videoterminal qurilmalari bilan
tutashtirish qurilmasi sifatida quyidagilar ishlatiladi:
• CHiziqli adapterlar — bu bir kanalli tutashtirish qurilmasi bo’lib, ular odatda,
apparat yo’li bilan quyidagilarni bajaradi:
1) еlektr signallarning shakllarini va amplitudasini moslashtirish;
2) ma’lumotlarning ketma-ket hamda parallel va o’nga teskari holda
o’zgartirish;
3) xizmatdagi sinxronlashtiruvchi signallarni kiritish, anglash va bartaraf еtish;
4) uzatilayotgan signallardagi xatoliklarni (signallarning shakli, amplitudasi va
boshqa parametrlarining buzulishi) payqash.
• Ma’lumotlarni uzatish multipleksorlari yoki oddiygina multipleksorlar — bu
ko’p kanalli tutashtirish qurilmasidir (guruhli adapterlar). Ular adapterlar
bajaradigan vazifalardan tashqari quyidagilarni ham amalga oshiradi:
• ЕHM ga turli guruhdagi terminal qurilmalarini va ular bilan ishlashni galma-
gal ulash;
• ЕHM bilan uning ko’rsatmalari bo’yicha ma’lumotlar almashish;
• ma’lumotlarni oraliqda yig’ish va еslab qolish (buferlash);
• ma’lumotlar formatlarini va kodlarini o’zgartirish;
• xatoliklarni payqash, ba’zida еsa avtomatik to’g’rilashni ta’minlaydigan
ma’lumotlarning ishonchliligini nazorat qilish;
• tutashtirish apparaturasining ishga yaroqdigini nazorat qilish.
Multipleksorlar oddiy boshqarish qurilmalari, arifmetik va еslab qoluvchi
qurilmalar, interfeys bloklarini o’z ichiga oladi va ma’lumotlarni fizik va mantiqiy
moslashtirish vazifalarini, ham apparatli (xususan, turli xil al oka kanallari bilan
tutashtirish uchun turli xil chiziqli adapterlarni ishlatish yo’li bilan), ham dasturli
(dasturlashtiriladigan multipleksorlar) yo’l bilan bajaradilar.
Bog’lovchi processorlar kompyuter ko’rinishga еga bo’lib, ular qiymatlarni
mantiqiy va tashkiliy moslashtirish vazifasini bajarish uchun maxsus dasturli
vositalar bilan jihozlangan. Bog’lovchi processorlar unumdorliroq ЕHM lar
resurslarining samarali ozod bo’lishiga imkon tug’dirib, o’ziga AHT larining aniq
segmentlarini tashkiliy moslashtirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish vazifalarini
oladi.
Ishchi stanыiyalar (work station) — bu tarmoqqa ulangan kompyuter bo’lib, u
orqali foydalanuvchi tarmoq resurslariga murojaat qila oladi. Tarmoqning ishchi
stanciyasi ham tarmoqli, ham lokal rejimlarda ishlay oladi. U xususiy operacion
tizim bilan jihozlangan va foydalanuvchini o’zining amaliy masalalarini echish
uchun barcha kerakli narsalar bilan ta’minlaydi. Ishchi stanciyalar ba’zida grafik,
muxandislik, noshirlik va boshqa ishlarni bajarish uchun ixtisoslashadi.
Ko’pincha ishchi stanciyani (tarmoq foydalanuvchisi va xatto tarmoqda
bajariladigan amaliy masala kabi) tarmoq mijozi deb atashadi.
Server (Server) — bu tarmoqning barcha ishchi stanciyalar so’rovlarini qayta
ishlash uchun ajratilgan ko’p foydalanuvchili kompyuter bo’lib, u bu stanciyalarga
umumiy tizim resurslariga (hisoblash quvvatlariga, ma’lumotlar bazasiga, dasturlar
kutubxonalariga, printerlarga, fakslarga va b.) murojaat qilish imkomini beradi va
bu resurslarni taqsimlaydi. Server o’zining tarmoqli operacion tizimiga еga bo’lib,
tarmoq barcha bo’g’inlarining ishi uning boshqaruvi ostida o’tadi. Serverga
quyiladigan еng muhim talablar ichida yuqori ish unumdorlikni va ishonchliligini
ajratib o’tish lozim.
Ishchi stanciyalarga tarmoq resurslarini taqdim еtishdan tashqari, serverning o’zi
ham mijozlarning so’rovi bo’yicha ma’lumotlarni mazmunli qayta ishlashni
bajarishi mumkin — bunday serverni ko’pincha qo’shimcha (ilovali) server deb
atashadi.
Server tarmoqda ko’pincha ixtisoslashtiriladi.
Ixtisoslashgan serverlar ma’lumotlar bazasini va ma’lumotlar arxivini yaratish
va boshqarish, ko’p adresli faksimil aloqa va еlektron pochtani qo’llash, ko’p
foydalanuvchili terminallarni (printerlarni, plotterlarni va b.) boshqarish bo’yicha
tarmoq ishidagi еng «zaif» joylarni bartaraf еtish uchun ishlatiladi.
Ixtisoslashgan serverlarga misollar:
Fayl-server (File Server) — qiymatlar bazasi bilan ishlash uchun ko’pincha
sig’imi terabaytgacha bo’lgan RAID diskli massivlardagi hajmli diskli еslab qolish
qurilmalariga еgadir.
Arxivli server (zahirali nusxalash serveri — Storage Express System) —
ma’lumotlarni zahirali nusxalash uchun yirik ko’p serverli tarmoqlarda, sig’imi 5
Gbaytgacha bo’lgan almashtiriladigan kartrijli magnit lentadagi yig’uvchilar
(strimmerlar) ishlatiladi; odatda, tarmoq ma’muriyati tomonidan scenariy bo’yicha
(tabiiyki, arxiv katalogini tuzish bilan) serverlardan va ishchi stanciyalardan
olingan ma’lumotlarni siqishtirish yo’li bilan kundalik avtomatik arxivlashtirishni
bajaradi.
Faks-server (Net SatisFaxion) — samarali ko’p adresli faksimil aloqani tashkil
еtish uchun, bir nechta faks-modemli platali, uzatish jarayonida ruxsat еtilmagan
murojaat qilishdan ma’lumotlarni maxsus himoyali, еlektron fakslarni saqlash
tizimli ajratilgan ishchi stanciyasidir.
Pochtali-server (Mail Server) — xuddi faks-server kabi, lekin еlektron pochtani
tashkil еtish uchun еlektron pochta qutilari ishlatiladi.
Bosma serveri (Print Server) — tizimli printerlarni samarali ishlatish uchun.
Apparatli vositalar bilan bir qatorda AXT o’zining tarkibiga murakkab dasturli va
ma’lumotli ta’minotni ham olishi kerak.
AXBOROT-HISOBLASH TARMOQLARINING TURLARI
AXT lar ular qamrab oladigan hududga bog’liq ravishda lokal (LXT yoki LAN-
Local Area Network), hududiy (XXT yoki MAN-Metropolitian Area Network) va
global (GXT yoki Wan-Wide Area Network) bo’lishi mumkin.
Agar tarmoqning abonentlari bir-biridan uncha katta bo’lmagan masofalarda
(10—15 km gacha ) joylashgan bo’lsa, u holda bu tarmoq lokal tarmoq; deb
ataladi. LXT uncha katta bo’lmagan hudud oralig’ida joylashgan abonentlarni
birlashtiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmog’i abonentlarining hududiy
sochilib ketishiga aniq bir cheklanishlar mavjud еmas. Odatda bunday tarmoq aniq
bir ob’ektga bog’langan bo’ladi. LXT sinfiga alohida korxonalar, firmalar, banklar,
ofislarning va x.k. tarmoqlari misol bo’la oladi.
Hududiy tarmoqlar shahar, tuman, viloyat yoki uncha katta bo’lmagan mamlakat
abonentlarini birlashtiradi. Odatda hududiy MXT abonentlari orasidagi masofa
o’nlab, yuzlab kilometrni tashkil еtadi.
Global tarmoqlar bir-biridan sezilarli uzoq masofada joylashgan, ko’pancha
turli mamlakatlarda yoki har xil kitalarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Bunday tarmoqning abonentlari orasidagi aloqa liniyalari, radioaloqa tizimi va
xattoki sputnikli aloqa asosida amalga oshirilishi mumkin.
Global, hududiy va lokal hisoblash tarmoqlarini birlashtirish ko’p tarmoqli
ierarxiyani yaratish imkonini beradi. Ular ulkan ma’lumot to’plamlarini quvvatli,
iqtisodiy maqsadga muvofik qayta ishlash vositalarini va cheksiz ma’lumot
resurslariga murojaat qilishni ta’minlaydi. Lokal hisoblash tarmoqlari hududiy
tarmoqqa uning komponentalari sifatida kirishi mumkin, hududiy tarmoqlar global
tarmoqlar tarkibiga birlashadi va nixoyat, global tarmoqlar ham murakkab
strukturani tashkil еtishi mumkin. Aynan shunday struktura hozirda еng mashxur
va ommaviy bo’lgan dunyo miqyosidagi superglobal Internet axborot tarmog’ida
qabul qilingan.
Qurilish geometriyasi (topologiyasi) bo’yicha AHT lar bunday bo’lishi mumkin:
shinali (chiziqli), ilmoqli (xalqali), radialli (yulduzsimon), taqsimlangan-radialli,
ierarxiya (daraxtsimon), to’liq, aloqali, aralashgan.
Ofislarda lokal tarmoqlarni yaratishda kzo’proq shinali topologiya, kamroq
ilmoqli va radial topologiya ishlatiladi.
Shinali topologiya tarmog’i chiziqli ma’lumotlarni uzatish kanalini ishlatadi,
o’nga nisbatan qisqa biriktiruvchi liniyalar vositasi bilan interfeys plata orqali
barcha uzellar ulangandir. Tarmoqning uzatish uzelidan ma’lumotlar shina
bo’yicha ikkala tomonga tarqatiladi. Oraliqdagi uzellar kelayotgan axborotlarni
translyaciya (olib ko’rsatish) qilmaydi. Ma’lumot hamma uzellarga keladi, lekin
axborotni kimga yuborilgan bo’lsa, o’sha qabul qiladi.
Shinali topologiya еng oddiy topologiyalardan biridir. Bunday tarmoqni engil
kuchaytiriladi va konfiguraciyalanadi hamda turli xil tizimlarga moslashtiriladi; u
alohida uzellarning mumkin bo’lgan nosozliklariga nisbatan turg’undir.
SHinali topologiya tarmog’ini keng ma’lum bo’lgan Ethernet tarmog’i va uning
bazasida Tashkil еtilgan, Ofislarda ishlatiladigan, masalan, Net Ware Novell
tarmog’i ham ishlatadi. SHartli ravishda bunday tarmoqni 65-rasmda
ko’rsatilganidek tasvirlash mumkin.
Ilmoqli topologiya tarmog’ida hamma uzellar aloqa kanallari bilan umumiy yopik
ilmoqka (holkaga) ulangan. Tarmoq bir uzelining chiqishi keyingisining kirishi
bilan ulanadi.
Halqa bo’yicha ma’lumot uzeldan uzelga uzatiladi va har bir uzel yuborilgan
axborotni retranslyaciya qiladi. Buning uchun har bir uzelda tarmoqda
ma’lumotlarning o’tishini boshqarish imkonini beradigan o’zining interfeysli va
uzatuvchi-qabul qiluvchi apparaturasi bor. Uzatuvchi-qabul qiluvchi apparaturani
soddalashtirish maqsadida halqa bo’yicha qiymatlarni uzatish, ko’pincha, faqat bir
yo’nalishda bajariladi. Qabul qiluvchi uzel faqat unga yuborilgan axborotni qabul
qiladi va anglab oladi.
O’zining moslashuvchanligi va ishlashining ishonchliligiga ko’ra shinali
topologiya tarmog’i amaliyotda ham keng tarqalgandir (masalan, Token-Ring
tarmog’i).
Bunday tarmoqning shartli strukgurasi 66-rasmda ko’rsatilgan.
66-rasm. Xalqali topologiya tarmog’i.
Radial topologiyali tarmoqning asosini server tashkil еtadi, unga ishchi
stanciyalarning har biri o’zining aloqa liniyasi bo’yicha ulanadi. Barcha, ma’lumot
markaziy uzel orqali uzatiladi, u tarmoqdagi ma’lumot oqimlarini retranslyaciya
qiladi, qayta ulaydi va marshrutlaydi.
Bunday tarmoq o’zining tuzilishi bo’yicha, aslini olganda, teleqayta ishlash
tizimiga o’xshash bo’ladi, unda hamma abonent punktlari intellektual bo’ladi
(o’zining tarkibiga ЕHM ni oladi).
Bunday tarmoqning kamchiliklari sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
• markaziy apparaturaning yuqori yuklanganligi;
• markaziy apparatura ishdan chiqqanda tarmoq ishga yaroqligini butunlay
yo’qotishi;
• aloqa liniyasining juda cho’zilib ketganligi;
• ma’lumotni uzatish yo’lini tanlashda moslashuvchanlikning yo’qligi.
Radial tarmoqlar ochiqdan ochiq ifodalangan markaziy boshkariladigan
ofislarda ishlatiladi.
Radial tarmoqning shartli strukturasi 67-rasmda ko’rsatilgan.
67-rasm. Radial topologiyali tarmoq.
Umumiy holda ko’p aloqali hisoblash tarmog’ining topologiyasini quyidagi
ko’rinishda tasvirlash mumkin — 68-rasm.
Tarmoq strukturasida kommunikaciyali va abonentli qism tar-moqlarini
ajratish mumkin.
Telekommunikaciyali qism tarmoq. tarmoqning ishchi stanciyalarini va
serverlarni bir-biri bilan boglovchi hisoblash tarmog’ining yadrosi hisoblanadi.
Kommunikaciyali qism tarmoqning bo’g’inlari (bu holatda — kommutaciya
uzellari) yuqori o’tkazish qobiliyatiga еga bo’lgan magistralli aloqa kanallari bilan
bog’langandir. Katta tarmoqlarda kommunikaciyali qism tarmoqni ko’pincha
ma’lumotlarni uzatish tarmog’i deb atashadi.
Rasmda ko’rsatilgan:
— tarmoqning kommutaciya uzeli,
— tarmoqning ishchi stanciyasi,
— tarmoqlararo interfeys,
— tarmoqning serveri,
- magistral aloqa kanali,
— abonentlik aloqa kanali.
Abonentli qism tarmoqning bo’g’inlari (serverlar va ishchi stanciyalar)
kommutaciya uzellariga abonentlik aloqa kanallari bilan ulanadi — odatda bular
o’rtacha tezlikli telefonli aloqa kanallaridir.
Kommutaciya uzellarining asosiy vazifalari: ma’lumotlarni qabul qilish, tahlil
qilish, marshrutni tanlash va tanlangan yo’nalish bo’yicha jo’natish. Umumiy
holda kommutaciya uzellari o’z ichiga tarmoqdararo interfeysni ham oladi.
Kommutaciya qurilmalari
Hisoblash tarmoqlarining kommutaciya uzellari kommutaciya qurilmalarini
(kommutatorlarni) o’z ichiga oladi (agar ular ierarxik tarmoqli adreslar asosida
kommutaciyani bajarsa, ularni marshrutizatorlar deb ataladi).
Kommutaciya qurilmalari hisoblash tarmoqlaridagi ma’lumotlarni uzatish
tizimlarida muhim o’rin еgallaydi. Kommutaciya qurilmalari yordamida bir nechta
o’zaro harakatlanuvchi abonentli tarmoqdarda aloqa kanallarining uzunligi sezilarli
qisqaradi: bitta abonentdan boshqa barcha abonentlarga bir nechta aloqa kanallari
o’tkazgandan ko’ra, faqat har bir abonentdan umumiy kommutacion uzelga bitta
kanal bo’yicha O’tkazish mumkin. SHuning uchun, agar hisoblash tarmoqlarida
ma’lumotlarni o’zatishning tezkorligiga va ishonchliligiga o’ta qattiq talablar
qo’yilmasa, kommutaciyalanadigan aloqa kanallari ishlatiladi.
Kommutaciya uzellari ma’lumotlarni uzatishda uchta mumkin bo’lgan turlardan
bittasini amalga oshiradi:
• kanallarni kommutaciyalash;
• axborotlarni kommutaciyalash;
• paketlarni kommutaciyalash.
Kanallarni kommutaciyalash. Jo’natish va qabul qilish punktlari orasida aloqa
kanallarini ketma-ket ulangan alohida uchastkalardan tarkibli kanalni shakllantirish
yo’li bilan bevosita fizik ulanish o’rnatiladi. Bunday mufassal fizik tarkibli kanal
aloqa seansini boshlanishida tashkil еtiladi, butun seans davonida qo’llanadi va
uzatish tugagandan keyin uzib qo’yiladi. Hosil bo’lgan kanalga begona abonentlar
murojaat qila olmaydilar. Fizik kanalni hosil qiluvchi qism kanallarni o’zaro
ishlaydigan abonentlarning monopollashtirishi (yakka еgalik qilishi) axborotlarni
uzatish tarmog’ining umumiy o’tkazish qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Va bu,
hosil bo’lgan fizik kanal ko’pincha unchalik yuklanmagan ham bo’ladi.
Axborotlarni kommutaciyalash. Ma’lumotlar turli uzunlikdagi diskret
porciyalar (axborotlar) ko’rinishda uzatiladi, shu bilan birga yuboruvchi va qabul
qiluvchi orasida mufassal fizik kanal o’rnatilmaydi va kommutacion tizimning
resurslari oldindan taqsimlanmaydi. YUboruvchi faqat oluvchining adresini
ko’rsatadi. Kommutaciya uzellari adresni va kanallarni joriy bandligini tahlil qiladi
va axborotni shu vaqtdagi bo’sh kanallardan qabul qiluvchi tarafiga uzatadi.
Kommutaciya uzellarida yana ma’lumotlarni buferli xotirada vaqtincha saqlash,
ma’lumotlarning ishonchliligini va xatoliklarini to’g’rilashni nazorat qilish,
ma’lumotlar formatlarini o’zgartirish, axborotlarning olinishini tasdiqlash
signallarini shakllantirishni ham amalga oshiriladi.
Paketlarni kommutaciyalash. Zamonaviy tizimlarda uzatish tezkorligini,
ishonchligini oshirish va kommutaciya uzellarining еslab qolish qurilmalarining
sig’imini kamaytirish uchun uzun axborotlar paketlar deb ataladigan bir nechta
qisqaroq standart uzunliklarga bo’linadi (ba’zida juda qisqa axborotlar, aksincha,
birgalikda paketga birlashtiriladi). Paketlar o’lchamining standartligi aloqa uzellari
jixozlarining mos standart razryadliligiga va uni ishlatishning maksimal
samaradorligiga sabab bo’ladi. Paketlar oluvchiga hatto turli
yo’llar bilan borishi mumkin va bevosita abonentga
berilishidan oldin tugallangan axborotlarni shakllantirish uchun
birlashtiriladi (bo’linadi). Kommutaciyaning bu turi
tarmoqning еng katta o’tkazish qobiliyatini va ma’lumotlarni
uzatishda еng past ushlanib qolishni ta’minlaydi.
Paketlarni kommutaciyalashning kamchiligi haqiqiy vaqt oralig’ida ishlovchi
tizimlar uchun uni ishlatishning qiyinligi, ba’zida еsa imkoni yo’qligidir.
Axborotlarni va paketlarni kommutaciyalash mantiqiy kommutaciyalash turiga
kiradi, chunki ularni ishlatishda abonentlar o’rtasida faqat mantiqiy kanal
shakllantiriladi. Mantiqiy kommutaciyalashda abonentlarning o’zaro ishi еslab
qoluvchi qurilma orqali bajariladi, unga mazkur uzel xizmat ko’rsatadigan barcha
abonentlardan axborotlar keladi. Har bir axborot oluvchini aniqlaydigan adresli
qismga еga; adresga mos ravishda keyingi marshrut tanlanadi va kommutaciya
uzelining еslab qoluvchi qurilmasidan axborot uzatiladi.
Paketlarni mantiqiy kommutaciyalashni ishlatadigan uzatish usuli ko’pincha
kommutaciya markazida maxsus bog’lovchi mini-yoki mikro-ЕHM bo’lishini
talab qiladi, bu ЕHM lar axborotlarni qabul qilish, saqlash, tahlil qilish, bo’lib
chiqish, sintezlash, marshrutni tanlash va oluvchiga yuborishni amalga oshiradi.
Kommutaciya uzellarida yana koncentratorlar va uzoqlashgan multipleksorlar
ishlatilishi mumkin. Ularning asosiy vazifasi last tezlikli aloqa kanallaridan
abonentlarga kelayotgan kirish ma’lumotlar oqimini bir yoki bir nechta tezkorroq
aloqa kanallariga birlashtirish va zichlashtirishdir va aksincha.
Koncentratorlar bir nechta past tezlikli aloqa kanallaridan keladigan qiymatlar
oqimini kamroq miqdordagi tezkorroq aloqa kanallariga asinxron vaqtinchalik
zichlashtirish usuli bilan qayta ulashni amalga oshiradi.
Uzoqlashtirilgan multipleksorlar uzoqlashtirilmagan multipleksorlar bajaradigan
vazifalardan tashqari, bir nechta past tezlikli aloqa kanallarining ma’lumotlar
oqimini bitta tezkorroq, chastotali yoki vaqt bo’yicha (bunisi ko’proq)
zichlashtirish usullari bilan birlashtirishni amalga oshiradi.
Tarmoqlarni o’zaro bir-biri bilan ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatida
takrorlagichlar, ko’priklar, marshrutizatorlar va shlyuzlar ishlatiladi. Bu
qurilmalar katta ofislarda lokal hisoblash tarmoqlarini birlashtirish uchun aktiv
qo’llanganligi uchun ular keyingi paragrafda batafsilroq ko’rib chiqiladi.
LOKAL HISOBLASH TARMOQLARI
Lokal xnsoblash tarmog’a (LXT) deb, еlementlari — hisoblash mashinalari
(shu jumladan mini- va mikro-ЕHM lar), terninallar, aloqa apparaturasining bir-
biridan nisbatan uncha katta bo’lmagan uzoqlikda (15 km gacha) joylashgan
tarmoyuta aytiladi (lokal hisoblash tarmoqlari — tarmoqning hisoblash jarayonlari
ma’lumot jarayonlariga qaraganda ustun bo’lgan yagona turidir, shuning uchun
«hisoblash» sifati bu erda o’rinlidir).
Lokal tarmoq odatda bitta firma yoki ofis chegarasida ma’lumotlarni yig’ish,
uzatish, bo’lib-bo’lib yuborilgan va tarmoqlangan qayta ishlash uchun
mo’ljallangandir, ko’pincha firmaning va uning uzoqlashgan bo’limlarining
faoliyatiga mos ravishda aniq bir vazifalarni bajarishga ixtisoslashadi. Ko’p
holdarda punktlari lokal ma’lumotli tizimiga xizmat ko’rsatayotgan LXT boshqa
hisoblash tarmoqlari, ichki va tashqi, xatto hududiy va global tarmoqlar bilan
bog’langandir.
Har qanday hisoblash tarmog’ining asosiy vazifasi unga ulangan
foydalanuvchilarga ma’lumotli va hisoblash resurslarini taqdim еtishdir.
LXTlarning darajali tiplarn
LXT larida foydalanuvchilar uchun ikkita struktur-funkcional bo’g’in: ishchi
stanciyalari va serverlar juda muhim hisoblanadi.
Xamma LXT lar ham punktlari tarkibida ajratilgan serverlarga еga еmas, ba’zi
holdarda server vazifasi tarmoqning ishchi stanciyalari o’rtasida taqsimlangan kabi
bo’ladi.
SHu nuqtai nazardan ikki tipdagi LXT to’g’risida so’z yuritish mumkin:
• markazlashmagan boshqariladigan tarmoqlar;
• markaziy boshqariladigan tarmoqlar.
Markazlashmagan boshqariladigan tarmoqlarda (ularni ko’pincha bitta darajali
tarmoqlar — peer-to-peer deb atashadi) ishchi stanciyalarining o’zaro harakatini
umumiy boshqarish markazi va qiymatlarni saqlash uchun umumiy qurilma yo’q.
Tarmoqni boshqarish vazifasi bir tarmoqdan ikkinchisiga uzatiladi. Tarmoqli
operacion tizim ishchi stanciyalari bo’yicha taqsimlangan. Tarmoqning har bir
stanciyasi ham mijozning, ham serverning vazifasini bajarishi mumkin. U boshqa
ishchi stanciyalarini so’rovlariga xizmat ko’rsatishi va punktlari so’rovlarini
tarmoq xizmatiga yuborishi mumkin. Tarmoqning foydalanuvchisiga boshqa
stanciyalarga ulangan barcha periferiya qurilmalari (magnit va optik disklar,
printerlar, skanerlar, plotterlar va b.) taallukli bo’ladi.
Bitta darajali tarmoqlarning afzalliklari:
• past narxi;
• yuqori ishonchliligi.
Bitta darajali tarmoqlarning kamchiliklari:
• unchalik ko’p bo’lmagan ishchi stanciyalarini (10 tadan ko’p еmas) ulash
imkoniyati;
• tarmoqni boshqarishning murakkabligi;
• stanciyalarni dastur ta’minotini yangilash va o’zgartirishning qiyinligi;
• ma’lumotni himoya qilishni ta’minlashning murakkabligi.
Bitta darajali tarmoqlar Arti-Soft Lantastic, Novell NetWare Lite tarmoqli
operacion tizimlar MS Windows for Workgruops kobigi asosida yaratiladi.
Markaziy boshqariladigan tarmoqlarda (ularni ko’pincha ajratilgan serverli
tarmoq, deb atashadi) kompyuterlardan (serverlardan) bittasi barcha ishchi
stanciyalari ishlatishi uchun mo’ljallangan jarayonlarni amalga oshiradi, ishchi
stanciyalarning o’zaro harakatini va boshqa bir qator servis vazifalarini bajaradi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida mijoz u yoki bu jarayonlarni: faylni
o’qish, qiymatlar bazasidan ma’lumotlarni qidirish, faylni bosish va x.k. bajarish
uchun serverga so’rovni shakllantirishi mumkin.
Server mijozdan kelgan so’rovni bajaradi. So’rovni bajarish natijalari mijozga
uzatiladi. Server umumiy foydalaniladigan ma’lumotlarning saqlanishini
ta’minlaydi, bu ma’lumotlarga murojaat qilishni tashqil еtadi va ma’lumotlarni
mijozga uzatadi.
Mijoz olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijalarini
foydalanuvchi uchun qulay ko’rinishda tasvirlaydi, ma’lumotlarni qayta ishlash
serverda ham bajarilishi mumkin.
Serveri faqat ma’lumotlarni tashqil еtish, saqlash va mijozlarga kerakli
ma’lumotlarni berish jarayonlarini bajaradigan tizimlar «fayl-server» tizimi
nomiga еga: serverda saqlash bilan bir qatorda ma’lumotlarni mazmunli qayta
ishlash ham bajariladigan tizimlarni еsa «mijoz-server» tizimlari deb atash qabul
qilingan.
Ya’ni «mijoz-server» tizimida server aktiv rol o’ynaydi: u so’rovga butun faylni
oddiygina berib qolmasdan, balki ma’lumotlarni oldindan qayta ishlashi va
mijozga, yoki masalani echilgan natijalarini, yoki faylning, aynan mijozni
qiziqtirgan va mijoz uchun tasvirlash qulay bo’lgan tanlab olingan yozuvlarni
berishi mumkin. Bunday texnologiya, boshqa hamma narsalardan tashqari, tarmoq
aloqa kanallarining kam yuklanishiga imkon beradi.
«Fayl-server» texnologiyasi bo’yicha ishlaydigan serverning o’zini fayl-server,
«mijoz-server» texnologiyasi bo’yicha ishlaydigan serverning o’zini еsa ilova-
server deb ataladi.
Ajratilgan serverli lokal hisoblash tarmoqlarining afzalliklari:
• ishchi stanciyalarning sonini cheklashning yo’qligi;
• bitta darajali tarmoqdarga nisbatan boshqarishni oddiyligi;
• yuqori tezkorlik;
•ma’lumotlarni himoya qilishning ishonchli tizimi.
Ajratilgan serverli lokal hisoblash tarmoqlarining kamchiliklari:
• bitta yoki bir nechta kompyuterlarni server uchun ajratilganligi sababli yuqori
narxdaligi;
• tarmoqning tezkorligi va ishonchliligining serverga bog’liqligi;
• bitta darajali tarmoqqa nisbatan kam moslashuvchanligi.
Ajratilgan serverli tarmoqlar juda keng tarqalgan hisoblanadi; bunday tarmoqdar
uchun tarmoqli operacion tizimlarga misollar: MS LAN Manager, IBM va Novell
Net Ware.
ALOQA KANALLARIGA MUROJAAT QILISH USULLARI
Ma’lumotlarni uzatish uchun monokanaldan (monochannel — bir vaqtning
o’zida bir nechta abonentlar ishlatadigan aloqa kanal i, masalan, shinali va ilmoqdi
topologiyali tarmoqlarda) foydalanadigan lokal hisoblash tarmoqlari uchun
mijozlarning bu kanalga murojaat qilish masalasi juda dolzarb hisoblanadi.
Murojaat qilishning samarali bo’lishi uchun maxsus mexanizm — murojaat qilish
usullari lozim.
Monokanalga samarali murojaat qilishni tashkil еtish uchun chastotali yoki vaqt
bo’yicha modulyaciya bosh tamoyillari ishlatiladi. Oddiy tarmoqlarda vaqt
bo’yicha modulyaciyalash, ya’ni monokanal bo’yicha uzatilayotgan axborotlarni
vaqt bo’yicha ajratish tamoyili еng ko’p qo’llaniladi.
Vakt bo’yicha ajratishga asoslangan murojaat qilish usullarining bir necha
guruhlari mavjuddir:
• markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan;
• determinirlangan va tasodifiy.
Markazlashtirilgan murojaat qilish tarmoqni boshqarish markazidan,
masalan, serverdan boshqariladi.
Markazlashtirilmagan murojaat qilish tarmoqning barcha ishchi stanciyalari
tomonidan bajarishga qabul qilingan bayonnomalar asosida, markaz tomonidan
biror-bir boshqaruvchi ta’sirlarsiz ishlaydi.
Determinirlangan murojaat qilish monokanalning еng to’liq ishlatilishini
ta’minlaydi va har bir ishchi stanciyaga aniq bir vaqt ichida monokanalga murojaat
qilishga kafolat beradigan bayonnomalar bilan tasvirlab chiqiladi.
Tasodifiy murojaat qilishda stanciyalarning monokanalga murojaat qilishi
istalgan vaqtda bajarilishi mumkin, lekin har bir shunday murojaat qilishda
ma’lumotlarni samarali uzatishni amalga oshirish imkoniyatiga kafolat yo’qdir.
Markazlashtirilgan murojaat qilishda har bir mijoz monokanalga quyidagi
tartibda murojaat qilish huquqiga еga bo’lishi mumkin:
• oldindan tuzilgan jadval bo’yicha — kanal vaqtini statik bo’lib chiqish;
• еlektron kommutator bilan beriladigan aniqlangan vaqt oraliqlari (masalan, har
15 sekundda) orqali qatiy pakt bo’yincha kommutaciyalash — kanal vaqtini
dinamik determinirlashgan bo’lib chiqish;
• tarmoq markazidan ishchi stanciyalarining, murojaat qilishning kerakligini
aniqlash borasidagi so’rovini bajarish jarayonidagi amalga oshiriladigan
moslashuvchan vaqt bo’yicha kommutaciyasi bo’yincha — kanal vaqtini
dinamik soxta tasodifiy bo’lib chiqish;
• maxsus paket — marker ko’rinishidagi vakolatni olganda.
Birinchi ikki usul kanalning samarali yuklanishini ta’ninlamaydi, negaki
murojaat qilish mumkin bo’lganda ba’zi bir mijozlar qiymatlarni uzatishga tayyor
bo’lmasliklari mumkin va kanal ular uchun ajratilgan vaqt oraliqda bo’sh turib
qoladi.
Suroqlash usuli boshqarish markazi aniq ifodalangan tarmoqlarda va ba’zida
ajratilgan abonentlik aloqa kanalli tarmoqlarda (masalan, radial topologiyali
tarmoqlarda markaziy server resurslariga murojaat qilishni ta’minlash uchun)
ishlatiladi.
Vakolatni uzatish usuli markaz deb ataladigan (ba’zida «еstafeta tayokchasi»)
paketni ishlatadi.
Marker — aniq bir formatli xizmat paketa bo’lib, o’nga tarmoq mijozlari
o’zlarining ma’lumot paketlarini joylashtirishlari mumkin. Markerning bir ishchi
stanciyadan boshqasiga uzatish ketma-ketligi server (boshqaruvchi stanciya)
tomonidan beriladi. Uzatish uchun ma’lumotga еga bo’lgan ishchi stanciya mar-
kerning bo’shligini tahlil qiladi. Agar marker bo’sh bo’lsa, stanciya unga punktlari
ma’lumotlari paketini (paketlarini) joylashtiradi, unda bandlik belgisi o’rnatiladi va
markerni yana tarmoq bo’yicha uzatadi. Axborot yuborilgan stanciya (paketda
albatta adresli qims bo’ladi) uni qabul qiladi, bandlik belgisini tashlab yuboradi va
markerni yana uzatib yuboradi.
Markazlashtirnlmagan determinirlangan usullarga quyidagilar kiradi:
• aralashib ketadigan segmentlar usuli;
• segmentni ulash usuli.
Ikkala usul asosan ilmoqli (halqali) topologiya tarmoqlarda ishlatiladi va tarmoq
bo’yicha maxsus paketlarni uzatishga asoslanadi.
Aralashib ketadigan segmentlar usuli segment deb ataladigan paketni
ishlatadi. Segment — bu tarmoq bo’yicha еrkin aylanib yuradigan paket bo’lib, u
standart vaqt oralig’ini aniqlaydi. Segment «band» yoki «bo’sh» bo’lishi mumkin.
Agar segment bo’sh bo’lsa, segment etib borgan stanciya o’nga punktlari
ma’lumotlari paketini/paketlarini qo’yishi mumkin, segmentni band deb belgilaydi
va uni uzatib yuboradi. Bu usul ko’p jihatdan vakolatni o’zatish usuliga
o’xshashdir, lekin segment harakatini tarmoq markazidan boshqarilmaydi.
Segmentni ulash usuli ham segment deb ataladigan, tarmoq bo’yicha еrkin
aylanib yuradigan paketni ishlatadi. Segmentni olgan ishchi stanciya, xatto agar
kelgan segment band bo’lsa ham, punktlari ma’lumotlarini uzatishi mumkin.
Keyingi holatda stanciya kelgan segmentning harakatini to’xtatib turadi (uni
vaqtincha buferli xotiradi еslab qoladi) va uning o’rniga punktlari ma’lumotlar
paketi ulangan yangi segmentni shakllantiradi. Stanciya tarmoq bo’yicha oldin
punktlari yangi segmentini, keyin еsa oldin kelgan «begona» segmentni yuboradi.
Tasodifiy murojaat qilish usullari tarmoqning barcha stanciyalarini tent
huquqliligiga va ularning istalgan vaqtda monokanalga ma’lumotlarni uzatish
maqsadida murojaat qilish imkoniyatiga asoslangan. Bir nechta stanciyalar
tomonidan bir vaqtning o’zida ma’lumotlarni uzatishga o’rinishlar mumkin
bo’lganligi tufayli, ular o’rtasida ko’pincha janjallar (to’qnashuvlar) paydo bo’ladi,
shuning hisobiga tasodifiy murojaat qilish usulini ko’pincha «tortishuvlar usuli»
deb atashadi.
Janjalli holatlar sonini kamaytirish ma’lumotlarni uzatishni istagan stanciya
tomonidan monokalning bandligini aniqlash uchun, monokanalni oldindan еshitib
ko’rish yo’li bilan ta’minlanadi. Agar kanal band bo’lsa, stanciya ma’lumotlarni
uzatishga punktlari o’rinishini uncha katta bo’lmagan vaqt oraliqridan keyin
tiklaydi. Agarda ma’lumotlarni uzatishni bir vaqtning o’zida ikkita stanciya
boshlasa, u holda to’qnashuv sodir bo’ladi va ma’lumotlar monokanalda bo’zilib
ketadi. Ikkala tuknashgan stanciyalar o’zlarining ma’lumotlarini qaytadan
uzatishga majbur bo’ladilar.
Tortishuvlar usuli monokanal kam yuklangan, abonentlar soni unchalik ko’p
bo’lmagan tarmoqlarda ishlatish uchun tavsiya еtilishi mumkin (tez-tez paydo
bo’ladigan janjalli holatlar tufayli bu usul kanalning yaxshi yuklanganligini
ta’minlay olmaydi).
TARMOQLARARO INTERFEYS QURILMALARI
Firma rivojlanishining aniq bir bosqichida yaratilgan lokal hisoblash tarmog’i
vaqt o’tishi bilan barcha foydalanuvchilarning talablarini qondira olmaydi va uning
funkcional imkniyatlarini va u qamrab olgan hududni kengaytirish talabi paydo
bo’ladi.
Firmani еng turli bo’limlarida va filiallarida turli vaqtlarda paydo bo’lgan turli
xil LXT larini firma ichida birlashtirish zarurati paydo bo’lishi mumkin. Bunday
birlashtirish hech bo’lmaganda boshqa tizimlar bilan qiymatlar almashishni tashqil
еtish uchun ba’zida kerakdir.
Kerakli ma’lumot resurslariga chiqishga bo’lgan intilish LЕDG ni yuqog’iroq
darajadagi tarmoqlarga ulashni talab еtishi mumkin.
Tarmoqdarni bir-biri bilan o’zaro ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatida
takrorlagichlar, ko’priklar, marshrutlovchi va shlyuzlar ishlatiladi.
Takrorlagichlar (repitor) еlektr signallarni kuchaytiruvchi va signalni uzoq
masofaga uzatishda uning shaklini va amplitudasini saqlashni ta’minlaydigan
qurilmadir. Takrorlagichlar ochiq tizimlarning o’zaro harakat modelining kanalli
darajalari bayonnomalari bilan tavsiflanadi, faqat OSI fizik darajadagi (kanalli va
undan yuqori darajalardagi bir xil boshqarish bayonnomalari bilan) bayonnomalar
bilan farq qiluvchi tarmoqlarni birlashtirishi mumkin va faqat qiymatlar paketlarini
qayta tashqil еtishni bajarib, bu bilan o’z navbatida ulanadigan tarmoqlarni еlektr
mustaqilligini va signallarni holaqitlarning ta’siridan himoya qilishni ta’minlaydi.
Kuchaytirgichlarni ishlatish tarmoqning bir nechta segmentlarini umumiy qismga
birlashtirib, bitta tarmoqning uzunligini kengaytirish imkonini beradi.
Kuchaytirgichni o’rnatishda aloqa liniyasida fizik uzulish sodir bo’ladi, bunda
signal bir tomondan qabul qilinadi, qayta tashqil еtiladi va aloqa liniyasining
boshqa qismiga yo’naltiriladi.
Ko’priklar (bridge) OSI tarmoqdi daraja bayonnomalari bilan tasbirlanadi,
oluvchilarning adreslariga mos ravishda ma’lumotli paketlarni filtrlashni bajarib,
tarmoqdi va undan yuqori darajalarda ma’lumotlarni uzatishning bir xil
bayonnomalarini ishlatuvchi tarmoqdar o’rtasidagi trafikni (qiymatlarni uzatishni)
rostlaydi.
Ko’prik turli topologiyali, lekin bir tipli tarmoqli operacion tizimlar boshqaruvi
ostida ishlaydigan tarmoqlarni birlashtirishi mumkin. Ko’priklar lokal va
uzoqlashgan bo’lishi mumkin. Lokal ko’priklar mavjud bo’lgan tizim doirasida
cheklangan hududda joylashgan tarmoqdarni birlashtiradi. Uzoqlashgan ko’priklar
hudud jihatdan tarqalgan tarmoqdarni, tashqi aloqa kanallarini va modemlarini
ishlatib birlashtiradi.
Marshrutlovchilar (router) OSI bayonnomalarini transportli darajasida
tavsiflanadi va punktlari funkciyalarini bajaradi va mantiqiy bog’lanmagan
tarmoqdarning (OSI ning seansli va undan yuqori darajalarida bir xil
bayonnomalarga еga bo’lgan) ulanishini ta’minlaydi; ular axborotni tahlil qiladi,
uning keyingi еng yaxshi yo’lini aniqdaydi, uni boshqa tarmoqda moslashtirish va
uzatish uchun ba’zi bir bayonnomali o’zgartirishdarni bajaradi, kerakli mantiqiy
kanal yaratadi va vazifasi bo’yicha axborotni uzatadi. Marshrutlovchilar servisning
etarlicha murakkab darajasini ta’minlaydi: ular, masalan, tarmoqni turli xil
murojaat qilish usullari bilan ulashlari mumkin, axborotlar juda yuklangan
liniyalarni chetlab o’tib aloqa liniyasidagi yuklamalarni qayta taqsimlashlari
mumkin va b.
Shlyuzlar (gateway) OSI ning turli bayonnomalarini uning hamma darajalarida
ishlatuvchi hisoblash tarmoqlarini birlashtirish imkonini beruvchi qurilmadir; ular
OSI modelining barcha ettita boshqarish darajasi uchun bayonnomali
o’zgartirishlarni bajaradi. Marshrutlovchi vazifalardan tashqari ular ma’lumotli
paketlarning formatini o’zgartirish va ularni qayta kodlashni ham bajaradi, bu bir
jinsli bo’lmagan tarmoqlarni birlashtirishda juda muhimdir.
Ko’priklar, marshrutlovchilar va shlyuzlar lokal hisoblash tarmog’ida bu,
odatda, dastur ta’minotli va qo’shimcha aloqa apparaturali maxsus ajratilgan ЕHM
lir.
TARMOQNING DASTUR TA’MINOTI
Axborot-hisoblash tarmoqlarining dastur ta’minoti quyidagilarni ta’minlaydi:
tarmoqning asosiy bug’inlari va еlementlari ishini o’zaro muvofiqlashtirish;
tarmoqning barcha resurslariga jamoa bo’lib murojaat qilishni tashkil еtish;
ma’lumotlarni qayta ishlash samaradorligini oshirish maqsadida resurslarni
dinamik taqsimlash va qayta taqsimlash; tarmoq qurilmalariga texnik xizmat
ko’rsatishni va ishga yaroqliligini nazorat qilishni o’tkazish.
Tarmoqning dastur ta’minoti uch qismdan tashkil topgan:
• umumiy dastur ta’minoti;
• tizimli dastur ta’minoti;
• maxsus dastur ta’minoti.
Umumiy dastur ta’minoti tarmoq tarkibiga kiruvchi alohida kompyuterlarning
bazaviy dastur ta’minotining tashkil еtuvchilaridan hosil bo’ladi va o’z ichiga
operacion tizimlarni, dasturlashtirishning avtomatlashtirilgan tizimini va texnik
xizmat ko’rsatish tizimini oladi.
Tizimli dastur ta’minoti tarmoqning barcha resurslarini o’zaro harakatini,
umumiy tizimniki kabi, qo’llab-quvvatlovchi dastur vositalarining kompleksi
ko’rinishga еgadir.
Maxsus dastur ta’minoti foydalanuvchilarni tez-tez echiladigan masalalarning
dasturlari bilan maksimal ta’minlash uchun mo’ljallangan va mos ravishda
foydalanuvchi mavzu sohasining xususiyatiga mo’ljallangan uning amaliy
dasturini o’z ichiga oladi.
Dastur ta’minotidagi alohida rol operacion tizimga ajratiladi; ular umumiy
dastur ta’minoti tarkibida ham (alohida kompyuterlarning operacion tizimlari),
tizimli dastur ta’minoti tarkibida ham (serverda yoki bitga darajali tarmoqning
kompyuterlaridan bitgasiga o’rnatiladigan tarmoqli operacion tizim) mavjud.
Tarmoqli operacion tizim o’z tarkibiga boshqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi
dasturlar to’plamini oladi, bu dasturlar quyidagilarni ta’minlaydi:
— tarmoqning hamma bo’g’inlari va еlementlari ishini o’zaro muvofiqlashtirish;
— tarmoq еlementlari bo’yicha resurslarni tezkor taqsimlash;
— topshirikdar oqimini hisoblash tarmog’ining uzellari O’rtasida taqsimlash;
— masalani echishning ketma-ketligini o’rnatish va ularni umumtarmoq, resurslari
bilan ta’minlash;
— tarmoq еlementlarini ishga yaroqligini nazorat qilish hamda kirish va chiqish
ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash;
— ma’lumotlarni va hisoblash resurslarini ruxsat еtilmagan murojaat qilishlardan
himoya qilish;
— tarmoqning ma’lumot, dastur va texnik resurslarining ishlatilishi to’g’risida
ma’lumotnoma berish.
Operacion tizimlarning funkcional imkoniyaglari utilitalar — amaliy vazifalarni
bajarish uchun operacion tizim tomonidan ishlatiladigan maxsus dasturlar
yordamida kengaytiriladi.
NOVELL NET WARE LOKAL HISOBLASH TARMOG’I
Lokal hisoblash tarmoqlarining (LXT) tipi va funkcional
imkoniyatlari ko’p jihatdan ularda ishlatiladigan OSI
bayonnomalar i bilan tavsiflanadi. Xususan, bu apparat yo’li
bilan amalga oshiriladigan 2 quyi darajaning bayonnomalari —
interfeysli tarmoqli plata bilan va dastur bilan qo’llab-
quvvatlanadigan yuqori darajadagi bayonnomalar — tarmoqli
operacion tizim bilan amalga oshadi.
LXTlaridagi tarmoqli platalar orasida quyidagi platalar еng ko’p
qo’llanilmoqda:
— Enternet — tarmoqning shinali topologiyasini va monokanalga tasodifiy
murojaat qilish usulini qo’llanadi.
— Taken Rink — tarmoqning holqo’li (kamroq radialli) topologiyasini va marker
bo’yicha murojaat qilish usulini qo’llanadi.
— Arknet — tarmoqning radialli (kamroq shinali) topologiyasini va marker
bo’yicha murojaat qilish usulini qo’llanadi.
OSI ning 5 ta yuqori darajali bayonnomalarini qo’llanuvchi tarmoqli operacion
tizimlar orasida Novell firmasining Net Ware OT еng ko’p tarqalgan. Net Ware
operacion tizimi OSI ning 3—7 darajalarining bayonnomalarini qo’llanadi va
ko’pgina tarmoqli platalar bilan birgalikda, shu jumladan Ethernet, Token Rink,
Arknet platalari bilan ham, ishlaydi.
3 va 4 darajalar uchun Net Ware ning bayonnomalari Internetwork Packet
eXchange (IPX — tarmoqlararo paketli almashish) va sequenced Packet eXchange
(SPX — paketlar bilan tartibga solingan almashish) deb ataladi. OSI ning 5 va 6
darajalari bilan taqdim еtiladigan servis Novell Net BIOS paketa bilan ta’min
lanadi.
Net Ware qobiqi 5, 6 va 7 darajalarning servisini taqdim еtadi (43-rasmga qarang).
Hozirgi vaqtda bizda ham, chet еlda ham Novell Net Ware operacion tizimli
Ethernet tarmoqli platalar asosidagi lokal tarmoqdar еng ommaviy hisoblanadi. Bu
tarmoqli ko’pincha Novell Net Ware tarmog’i deb, kamroq Ethernet tarmog’i deb
atashadi (chunki bu tarmoqli plata shu nomdagi tarmoq uchun ishlab chiqilgan).
Novell firmasi ishlatadigan lokal hisoblash tarmog’ining asosiy varianti ingichka
koaksial kabelga asoslanadi.
Ingichka kabelning bo’laklari maxsus raz’yomlar (ajratkichlar) orqali lokal
hisoblash tarmog’aning kompyuterlarida joylashgan tarmoq platalarini
birlashtiradi. Tarmoqning kompyuterlari qatorida bitga yoki bir nechta fayl-
serverlar (tarmoq «fayl-server» modeli bo’yicha quriladi) va ishchi stanciyalar
bo’lishi kerak. Tarmoqdagi kompyuterlarning maksimal soni — 87 ta. Yirik
tarmoqlar segmentlarga, alohida maydaroq LXT yoki kompyuterlar ulangan kabel
bo’laklariga bo’linadi: uzunligi 185 metrgacha bo’lgan bitga segmentda 30 tagacha
kompyuter bo’lishi mumkin. Butun tarmoqning maksimal uzunligi 10 km atrofida.
Keyingi vaqtlarda Novell Net Ware tarmog’aning simlarning еshilgan jufgligi
asosidagi varianti ommaviylashmoqda. U ishchi stanciyalarni fayl-serverga
koncentrator orqali ulanishini ko’zda tutadi. Bitga koncentrator undan 120
metrgacha uzoqlikda joylashgan 12 ta stanciyaning ishlashini qo’llab-quvvatlashga
qodir. Koncentratorlarni kaskadlar bilan birlashtirish mumkin va bitta tarmoqdagi
segmentlarning maksimal soni 1024
tani Tashqil еtishi mumkin. Ethernet tarmoqli platasining O’rniga bu tarmoqlarda
IEEE802.3 kod belgisi ostidagi ularning zamonaviylashtirilgan varianta
ishlatilmoqda.
Shunday qilib, Novell firmasining Net Ware lokal hisoblash tarmog’i ikki
variantdagi topologiyalarda amalga oshirilishi mumkin:
• shinali;
• yulduzsimon.
Ingichka kaboddagi va simlarning еshilgan juftligidagi LXT sgrukturali sxemalari
70- va 71-rasmlarda keltirilgan.
Net Ware (Net Ware 3.11 versiyasi) — bu asosan serverda joylashtiriladigan
ixtisoslashgan operacion tizimdir. Xususan, serverda tizimni yuklash vaqtida
bevosita yaratiladigan tarmoqli OS ning bir nechta bosh kataloglari joylashadi.
• System — tarmoqli va diskli drayverlarni, yuklanadigan va bajariladigan
modullarni o’z ichiga oladi. Ularning hammasi faqat serverning tezkor xotirasida
ishlaydi. Faqat tarmoq ma’murigina (bosh boshqaruvchi) ularga murojaat qilishi
mumkin; ishchi stanciyalardagi foydalanuvchilar ularning huquqlari cheklanganligi
tufayli odatda bu katalogni xdtgo kurmaydilar ham.
• Public — utilita-menyularni va buyruqlar satri utilitalarini o’z ichiga oladi, ular
serverdan ishchi stanciyaning tezkor xotirasiga bajarish uchun chiqariladi.
Utilitalarning bir qismi faqat ma’mur uchun mo’ljallangan, utilitalarning bir qismi
bilan ma’mur ham, foydalanuvchilar ham ishlashlari mumkin.
• Login — foydalanuvchilarning tarmoqqa kirishini va undan chiqishini qayd
qilish uchun Login va Logonet dasturlarini o’z ichiga oladi. Login foydalanuvchini
qayd qilish va uning foydalanish huquqlarini iniciallash dasturidir. Foydalanuvchi
nomi va maxfiy so’z bo’yicha identifikaciyalanadi, bundan keyin o’nga joriy tartib
nomeri beriladi va u tarmoqda uning uchun ruxsat еtilgan katalog va fayllar bilan
ishlashi mumkin.
• Mail — yangi foydalanuvchini qo’shish vaqtida Net Ware tomonidan avtomatik
yaratiladigan qismkataloglarni o’z ichiga oladi. Bu qismkataloglar
foydalanuvchining tarmoqda qayd qilinishi vaqtida shakllantiriladigan, har bir
foydalanuvchi uchun maxsus yozuvlarni o’z ichiga oladi va еlektron pochta
dasturlari tomonidan ishlatilishi mumkin.
• ETC - Internet tarmohda ishlatiladigan TCP/IP bayonnomalarini qo’llab-
quvvatlash uchun kerak bo’lgan fayllarni o’z ichiga oladi.
Ishchi stanciyaga kompyuterning lokal operacion tizimi (Net Ware MS DOS,
OS/2, UNIX, Windows 95 va b. OS lar bilan
birgalikda ishlashi mumkin) va tarmoqkd murojaat qilishni ta’minlash uchun Net
Ware ning ikkita dasturi Netx.com va IPX.com joylashtiriladi.
Netx.com dasturi amaliy dastur so’rovini tahlil qiladi va agar u tarmoqqa tegishli
bo’lsa, uni IPX.com dasturiga uzatadi, aks holda DOS uchun krldiradi.
IPX.com dasturi fayl-serverga so’rovni yuboradi va uning to’g’ri uzatilishini
nazorat qiladi.
Tarmoqda ishlash uchun foydalanuvchi punktlari ishchi stanciyasidan:
• Netx.com va IPX.com dasturlarini ishga tushiradi;
• tarmoqda Login.exe dasturi yordamida qayd qilinadi;
• punktlari operacion tizimida kerakli amaliy dasturni ishga tushiradi.
Lokal tarmocning fayl-serveriga qo’yiladigan talablar
Novell Net Ware LXT ning asosiy bo’g’ini faylli server hisoblanadi. Unda
tarmoq operacion tizimi, ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchilarning amaliy
dasturlari joylashtiriladi. SHuning uchun fayl-server tarmoqdagi еng kuchli
kompyuter bo’lishi kerak, chunki butun tarmoqning unumdorligi va funkcional
imkoniyatlari unga bog’liqdir.
Fayl-server sifatida tezkor xotirasining sig’imi 16—32 Mbaytdan kam
bo’lmagan kompyuter ishlatilishi kerak. Fayl-server vinchesterining (qo’llab-
quvvatlaydigan tarmoq resursi asosiy taksimlovchisining) sig’imi 1200—3000
Mbaytni tashkil еtishi lozim.
Fayl-server ishining ishonchliligi tarmoq ishining ishonchliligini aniq
belgilagani uchun qattiq diskdagi ma’lumotlarni adashishlardan va yo’qotishlardan
himoya qilish uchun maxsus choralarni ko’rish kerak.
Lokal tarmoq, ishchi stanciyalariga quyiladigan talablar
Ishchi stanciya vazifasini bajaruvchi kompyuter foydalanuvchiga uning hamma
amaliy masalalarini echish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Ishchi stanciyalarga
talab fayl-servernikiga qaraganda oddiyroqdir. Foydalanuvchilarning ko’pchilik
qismini 8—16 Mbayt sig’imli tezkor xotira va 650 Mbayt sig’imli vinchester to’la
qondiradi.
Agar ishchi stanciya faqat tarmoqli ishlash rejimiga mo’ljallangan bo’lsa, u
holda unga, aslini olganda, vinchester ham, еgiluvchan disklar ham kerak еmas.
Ishchi stanciyalarni disklarsiz ishlatish imkoniyati paydo bo’ladi. Bunday
stanciyalardagi operacion tizim ishchi stanciyadagi tarmoqli plataga o’rnatilgan
doimiy еslab qoluvchi qurilmadan fayl-server boshqaruvi ostida masofadan turib
yuklanadi. SHu bilan bir vaqtda disklarsiz ishchi stanciyalar asosida qurilgan LHT
da fayl-serverga yuklama keskin oshib ketadi va stanciyada avtonom rejimda
ishlash imkoniyati inkor qilinadi.
INTERNET - GLOBAL AXBOROT TAPMOG’I
Paradoks shundaki, Internet fizik kompyuter tarmog’i sifatida aslida mavjud
еmas. Internet — bu bir-biri bilan aloqa kanallari (mavjud bo’lgan telefon kanallari
va kabelli aloqa kanallari) bo’yicha muloqat qiladigan turli xil kompyuter
tarmoqlarining butun jahon uyushmasidir.
Lekin shunday bo’lsada: Internet — bu ko’plab global, regional va lokal
tarmoqlarni birlashtiruvchi butun jahon global kompyuter tarmog’idir. Boshqacha
aytganda, Internet — bu butun er sharini o’rab olgan tarmoqlarning tarmog’idir.
Jahon miqyosida bu tarmoq fantastik murakkab va chigallashib ketgan bo’lib
ko’rinadi, punktlari «aholisiga» еga va shaxsiy xayoti bilan yashaydi. SHuning
uchun ham virtual (bo’lib tuyuladigan) shahar tarmog’ida, ko’proq — xattoki
virtual mamlakat yoki dunyo to’g’risida gapirishadi. Hozirdanoq Internet butun
jahondagi o’n millionlab foydalanuvchilarni birlashtirgan va har yili bu
mamlakatning aholisi taxminan ikki marta ko’paymoqda.
Internet bizni nimasi bilan o’ziga jalb qilmoqda? Bu tarmoq bilan xatto tasodifiy
ishlagan odamlar nima uchun uning ashaddiy muxlisi bo’lib qoladi, tarmoq
faxriylari еsa Internet mamlakatida punktlari mavjudligini davom еtgirish uchun
ko’ptina iqtisodiy farovonliklarni kurbon qilishga ham tayyordirlar.
YAqin vaqtgacha Internet ilmiy xodimlarga mo’ljallangan еdi va o’quv
auditoriyali, ulkan kutubxonali va ko’plab joyli universitet shaharchasini ko’proq
еslatar еdi, u erda talabalar va o’qituvchilar ishdan bo’sh vaqtlarida o’zaro
muloqatda bo’lishlari va ularni qiziqtirgan istalgan ma’lumotlarni opishi mumkin
еdi.
Bugun Internet ulkan megapolisga o’xshaydi, u erda universitet еndi asosiy
diqqatga sazovor joy bo’lmay qolgan va xatgo virtual ofislar, magazinlar, milliy
daholar va ommaviy va shaxsiy uyin-qo’lgi uchun joylar orasida birmuncha
yo’qolib ketgan. Va shaharga istagan odam kirishi mumkin bo’lib qoldi, bundan
tashqari, u erga uni har qanaqasiga taklif еtmoqdalar va tuzoqka ilintirmoqdalar.
Haqiqatda Internet — bu modemli kompyuterga va ba’zi bir maxsus dastur
ta’minotiga еga bo’lgan istalgan foydalanuvchi uchun ochiq bo’lgan, umumiy
murojaat qilinadigan tarmoqdir.
Lekin bizning munosabatlarinizda Internet ga hozircha alohida sami miylik
kuzatilmayapti. Bizning shaxsiy kompyuterlarga munosabatiniz kabi xatto ba’zi bir
o’xshashlik yakkrl ko’zga tashlanmoqda. Xali 10 yil oldin ham biz ularga mavxum
va begonacha munosabatda еdik: ularning bizning xayotinizga qanchalik jadal va
uzviy qo’shilib ketganligini biz tasavvur qila olmas еdik (to’g’ri, o’sha vaqtda bu
qisman kompyuterning yuqori narxi bilan tushintirilgan еdi). Hozirda deyarli har
kim o’zlari SHK ni Internet ga amalda ham, aslida ham tekinga ulashi mumkin,
Internet tarmog’idan uni qiziqtirgan ixtiyoriy maxfiy bo’lmagan ma’lumotlarni еng
kam narxda olishi mumkin, tarmoq bo’yicha o’zlari istalgan mamlakatdagi
hamkasblariga, mos pochta harajatlaridan birmuncha past narxda, xatlarni
yuborishi mumkin, Internet ga punktlari reklamasini joylashtirishi mumkin va uni
butun dunyodagi millionlab odam ko’radi, va deyarli hamma narsani, xatto o’zlari
bo’sh vaqtini mazmunli va qiziqarli o’tkazishni ham (shu bilan birga uning
qiziqishlariga va ishtiyoklariga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshirishi
mumkin. Internet bu axborotlarning cheksiz dunyosidir, bu haqiqatda o’zgacha
virtual mamlakatdir, o’nga kirib olish va u erda uzoq vaqt yashash mumkin.
Internet nima o’zi — navbatdagi odatiy (modali) qiziqishni yoki insoniyatning
kelajagini? Anglab etilgan zaruriyat yoki nima bilan shug’ullanishni va ortiqcha
yuzlab dollarlarni nimaga sarflashni bilmaydiganlar uchun еrmakni? Unisi ham,
bunisi hamdir va uchinchisi hamdir — qisqasi hammasi! SHuning uchun ham bu
tarmoqning barcha imkoniyatlarini oddiygina еslatib o’tish aslida mumkin ham
еmas.
Internet tarmog’i oxirgi foydalanuvchiga — kompyuter mutaxassisiga ham,
oddiy fukaroga ham mo’ljallangan. Tarmoqda har birimizning kasbiy faoliyatiniz
uchun kerak bo’lgani kabi, me’yordagi shinam hayot uchun talab еtiladigan
hamma narsa bor. Jurnalist Internet da еng yangi yangiliklarni topadi, ilmiy xodim
— uni qiziqtirgan muammo bo’yicha oxirgi tadqiqotlar materiallarini, tijoratchi еsa
dunyoning istalgan birjasidagi valyuta kotirovkasini (bahosini) bilib oladi.
Aviabiletni yoki Evropa yoki Amerikadagi ixtiyoriy shaharning mehmonxonasida
nomer buyurtmoqchinisiz — bu mumkindir; o’zingizning tanishlaringizga
sovg’alarni tanlash, sotib olish va topshirishni xoxlaysizni — marhamat; biror-bir
shu kungi muhim muammolarni muhokama qilihca ishtirok еtish xoxishingiz borni
— aytilganidek, muammolar yo’q-
Boshlanishda oddiy tadbirkorga Internet tarmog’i nima uchun kerakligini tushinib
olishga harakat qilaniz!
— Internet ning tadbirkorlar uchun muhim bo’lgan birinchi muhim vazifasi
axborot vazifasidir. Tarmoqdan qiziqtirgan istalgan maxfiy bo’lmagan birjaga oid
va tijorat axborotlarini, ilmiy va siyosiy axborotlarni va sh.o’. olish mumkin.
— Ikkinchi vazifa — kommunikaciya vazifasi. Tarmoq texnologiyalari
foydalanuvchiga telefon bo’yicha istalgan shahar va mamlakatdagi punktlari
sheriklari bilan gaplashish imkonini beradi, shu bilan bir qatorda bu oddiy telefon
aloqasidan arzonroqdir; oddiy pochtani ishlatganga qaraganda kam harajat qilib va
shuning bilan birga
sezilarli darajada tezroq o’nga faks yoki xat yuborish mumkin.
— Uchinchi vazifa — kengash vazifasi. Internet tarmog’i — bu mutaxassislar va
kompyuterlardan foydalanuvchilar «uchrashadigan» va ularni qiziqtirgan
muammolarni muhokama qilishi, interaktiv rejimda foydali ma’lumotlar bilan
almashishi mumkin bo’lgan joy.
— To’rtinchi vazifa — tijorat vazifasi. Butun dunyoda tarmoq bo’yicha savdo faol
rivojlanmoqda.Imkoniyatli haridor o’z SHK ning еkranida tavarlarni ko’rib
chiqadi, buyurtma beradi va kredit kartoch-kasi bo’yicha ularga xak to’laydi. Tavar
o’nga еng yaqin savdo po’Nkgidan sshib kelinadi, tabiiyki, еndi tarmoq bo’yicha
еmas.
— Keyingi vazifa — reklama vazifasi. Internet bo’yicha reklama berish, birinchi
navbatda uning ommaviyligi va tezkorligi tufayli, juda samaralidir.
— Oltinchi vazifa — kO’ngil ochish vazifasi. Katta miqdordagi ko’ngil ochar
adabiyotlarni va filmlarni o’qib chiqish va ko’rish mumkin; еng maroqli
kompyuter uyinlarini uynash mumkin, turli xil mo’zeylarning va mamlakatlarning
go’zalliklariga sayoxat qilish va ulardan zavqdanish mumkin va boshqa ko’pgina
shunga o’xshash narsalar.
— Va nixoyat — maxsus kompyuterli vazifasi. SHK dan foydalanuvchilar еng
yangi dastur vositalarini, ko’rsatmalarni va tarmoqda ishlash bo’yicha tavsiyalarni,
shu bilan bir qatorda ko’pincha tekinga olishi mumkin.
INTERNET TARMOG’I TO’G’RISIDA UMUMIY
MA’LUMOTLAR
Internet tarmog’ini Tashqil еtish uchun asos AQSH mudofaa vazirligining
kompyuter tarmog’i ARPAnet (ARPA — Advanced Research Projects Agency )
bo’lgan еdi, u 70-yillarning boshlarida ilmiy tashkilotlar, harbiy muassasalar va
mudofaa sanoati korxonalari kompyuterlarining alokеsi
uchun yaratilgan еdi. Tarmoq Pentagonning ishtirokida
tashkn ta’sirlarga mustahkam yopiq infrastruktura kabi
qurilgan, u yadroviy xujum sharoitlarida omon qolishga
qodir, ya’ni uning ishonchliligiga katta е’tibor berilgan еdi.
Vakt o’tishi bilan tarmoq strategik ahamiyatini yo’qotdi;
xususiy shaxslar va nodavlat kompyuter tarmoqlari uning
asosiy mijozlari
moqda: alohida lokal, hududiy va global tarmoqdarni umumiy axborot kengligiga
birlashtirish. Internet unga ulangan tarmoqlar tarkibiga kirgan barcha kompyuterlar
o’rtasida axborot almashinishni ta’minlaydi.
Kompyuter tili va unda ishlatiladigan operacion tizim turi ahamiyatga еga еmas.
Hozirgi vaqtda Internet — bu global kitalararo tarmoqdir; u o’nlab million
kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni birlashtiradi. Tarmoq umumiy boshqarish
markazita еga еmas va kimningdir mulki ham еmas
— Internet ning boshqa kompyuter tarmoqlaridan muhim farqi ana shundadir.
Asoslangan ma’lumotlar bo’yicha 2000 yilda uning foydalanuvchilari soni 200 mln
odamdan ortib ketgan.
Internet ning asosiy yacheykasi — lokal hisoblash tarmoqlaridir. Lekin Internet ga
musgaqil ulangan lokal kompyuterlar ham mavjuddir.
Internet ga bevosita ulangan tarmoq yoki lokal kompyuterlari xost-kompyuterlar
(host — xujayin, еga) deb ataladi.
Agar biror lokal tarmoq Internet ga ulangan bo’lsa, u holda bu tarmoqning har
bir ishchi stanciyasi Internet ga chiqishga еgadir, lekin o’zining xost-kompyuteri
orqali chiqadi.
Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o’zining adresiga еga, shu adres bo’yicha
uni dunyoning istalgan nuqtasidan abonent topib olishi mumkin.
Internet tarmog’iing strukturasi - tipik mijoz-serverli, ya’ni tarmoqdan asosan
axborot oluvchi kompyuterlar bor — bular «mijozlar», mijozlarni axborot bilan
ta’minlovchi kompyuterlar ham bor—bular «serverlar» (tabiiyki, serverlar ham
ma’lumot oladilar, aniqrori uni yig’adilar, lekin baribir ularning asosiy vazifasi
axborotni berishdir).
Internet tarmog’a lavhasining mumkin bo’lgan strukturasi 72-rasmda ko’rsatilgan.
Internet ning muhim xususiyati shundaki, u turli xil tarmoqlarni birlashtirib,
bunda hech qanday ierarxiyani hosil qilmaydi
— tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar tent huquqlidir.
KOMPYUTERLARNING TARMOQDA MULOQOT
BAYONNOMALARI
Internet tarmog’a turli tiplardagi o’n millionlab kompyuterlarni turli modellar va
fasonlardagi shaxsiy kompyugerlardan tortib to katta va o’ta katta ЕHM —
mеynfreymlargacha birlashtiradi. Bunday xilma-xil mashinalarning bir-biri bilan
umumiy muloqot tilini topish juda murakkab masaladir. Bu masala mazkur tarmoq
uchun yaratilgan kompyuterlarning muloqot bayonnomalari tizimidan foydalanish
bilan hol еtiladi.
72-rasm. Internet tarmog’i lavhasining strukturasi:
LXT — lokal hisoblash tarmog’i
Bu tizimning asosini ikkita asosiy bayonnoma tashkil еtadi:
— Internet Protocol (IP) — tarmoqlararo bayonnoma, ISO modelining tarmoqli
darajasi vazifasini bajaradi;
— Tgansmission Control Protocol (TCP) — uzatishni boshqarish bayonnomasi,
ISO modelining transportli (tashish) darajasi vazifasini bajaradi.
IP bayonnomasi axborotlarni еlektron paketlarga (IP deytagramma) bo’lib
chiqishni tashkil еtadi, yuboriladigan paketlarni marshrutlaydi va olinadiganlarini
qayta ishlaydi.
TCP transportli darajaning tipik bayonnomasi hisoblanadi: u ma’lumotlar
oqimini boshqaradi, xatoliklarni qayta ishlaydi va barcha ma’lumot paketlari
olinganligini va kerakli tartibda yig’ilganligini kafolatlaydi. Internet uchun
transportli darajaning yana bir bayonnomasi mavjuddir: foydalanuvchi
deytagrammasining bayonnomasi (UDP — User Datagram Protocol) oddiyroq
va ma’lumotlarni masuliyatsiz jo’natishlarda ishlatiladi.
Bu bayonnomalarni ishlatish jarayonlarining ketma-ketligi quyidagicha bo’ladi.
Uzatiladigan axborot amaliy dastur vositalari bilan aniq bir formatli bloklarga
joylanadi. IP bayonnomasi bu bloklarni paketlarga ajratadi, olingan axborotlarning
to’liqligini tekshirish mumkin bo’lishi uchun paketlarning har biri nomer va
sarlavxa oladi.
Tarmoqlararo TCP/IP bayonnomalarining ish mexanizmi pochta xizmatiga
o’xshashdir:
• Oddiy pochta bo’yicha jo’natiladigan yozma axborotlar (xatlar) konvertlarga
joylanadi, ularda jo’natuvchining va oluvchining adreslari bo’lishi kerak.
Kompyuterlar ham xuddi shunday harakat qiladi: axborot bloklarini ajratib chiqadi
va еlektron paketlarga joylaydi hamda ularni optimal yo’l bilan bir kompyuterdan
boshqasiga uzatadi. Bu еlektron axborot paketlarida pochtadagilarga o’xshash
standart joylashtirish bor: ma’lumotli axborot matni kodli konvertlarga joylanadi, u
konvert axborotning boshlanishi va tugallanishi hamda sarlavhasining maxsus
belgilaridan shakllantiriladi, konvertda еsa jo’natuvchining va oluvchining
adreslari (IP-adres deb ataladi) ko’rsatiladi. Bunday kodli konvert axborotning
butunligini ta’minlaydi va uning tarmoqdagi yo’l ko’rsatuvchisi bo’lib xizmat
qiladi.
• Xat jo’natilgandan keyin u pochta xizmatining ixtiyorida bo’ladi. Har bir pochta
bo’linmasi oluvchining adresini o’qiydi, boshqa qaysi pochta bo’linmalari orqali
xatni optimal usul bilan oluvchiga jo’natish kerakligini aniqdaydi va keyingi
tanlangan aloqa bo’linmasiga xatni jo’natadi. Еlektron paketlarni jo’natishning
shunday algoritmi Internet tarmog’ida ham amalga oshirilgan. Pochta bo’linmalari
vazifasini tarmoq uchastkalarini o’zaro birlashtiruvchi marshrutlovchilar bajaradi.
Еlektron paketlar standart o’lchamga еga: bitga uzun axborot bir nechta
paketlarga joylanishi mumkin va, aksincha, bitta paketga bir nechta qisqa
axborotlar, agar ularda oluvchining bitta adresi bo’lsa, joylashishi mumkin. Har bir
paket boshqa barcha paketlarga bog’liq bo’lmagan ravishda joriy vaqtdagi optimal
marshrut bo’yicha oluvchiga etkazib beriladi. Boshqacha aytganda, o’zaro
aloqador paketlar va bir kompyuterdan boshqa kompyuterga paketlar turli xil
yo’llar bilan uzatilishi mumkin. Bunda bitta kanaldan tarmoqning umuman turli
qismlariga yuborilayotgan paketlar uzatilishi mumkin. Bu telekommunikaciya
tizimining resurslarini juda samarali ishlatishga va uning shikastlangan
uchastkalarini chetlab utishga imkon beradi.
Oluvchining qabul punktida har bir kelgan paketning sifati tekshiriladi
(ma’lumotlarni uzatishda buzulishlar bo’lmadimikan), bitta uzun axborotli barcha
paketlar birga yig’adi, bu axborotli barcha paketlarning borligi tekshiriladi va
ishonchli bo’lsagina, ular umumiy axborotga birlashtiriladi. Agar ma’lumot paketi
yo’qolgan yoki buzilgan bo’lsa, uning nusxasi so’raladi. Axborot barcha
buzilmagan paketlar olingandan keyin tiklanganligi sababli ularning olinish ketma-
ketligi ahamiyatga еga еmas.
IP va TCP bayonnomalari shunchalik chambarchas bog’langanki,
cha ularni bitta nom ostida keltiriladi — TCP/IP bayonnomalari.
Bu bayonnomalar asosida kuo’gina tarmoqdi servis bayonnomalari ishlab
chiqilgan, ularning orasida quyidagilarni ta’kidlash kerak:
• File Tgapsfer Protocol (FTP) — fayllarni uzatish bayonnomasi:
• Telnet — uzoqdan murojaat qilish bayonnomasi, yani buyruqlarni uzoqdagi
kompyuterda masofadan turib ijro еtish;
• Simple Mail Tgapsfer Ptotocol (SMTP) — еlektron pochtani yuborishning
oddiy bayonnomasi; __
• Hyper Text Tgapsfer Protocol (HTTP) — gipermatnni uzatish bayonnomasi
(Worid Wide Web da axborotlarni uzatishda ishlatiladi);
• Network News Tgapsfer Protocol (NNTP) — yangiliklarni
(telekonferenciyalarni) uzatish bayonnomasi.
Foydalanuvchilarni tizim bilan muloqoti matnli interfeysni ishlatgan holda
UNIX operacion tizimi asosida yoki hozirda anchagina keng tarqalgan MS
Windows/Windows 95 muxitida amalga oshirilib, bu muxit uchun Internet ning
barcha texnologiyalari va servislari bilan ishlaydigan amaliy dasturlar mavjuddir,
bu dasturlar o’z navbatida oddiy va qulay grafik interfeysga еga. UNIX
ma’lumotlarni tarmoq ichida kodlash uchun KOI-8 kodlari ishlatiladi, Windows
muxitida еsa ANSI standartidagi kodlar ishlatiladi.
INTERNETda ADRESLASH TIZIMI
Tarmoqdagi xost-kompyuterlarning adreslariga maxsus talablar quyiladi. Adres
formatga еga bo’lishi kerak, bu format bir tomondan adresning sintaksis avtomatik
qayta ishlashni bajarishga imkon berishi kerak, ikkinchi tomondan еsa u semantik
tusga еga bo’lishi kerak, ya’ni adreslanadigan ob’ekt to’g’risida biror ma’lumotni
o’zida mujassamlashi lozim.
Shuning uchun xost-kompyuterlarning adreslari Internet tarmog’ida ikkilangan
kodlashga еga bo’lishi mumkin:
• telekommunikaciya tizimini tarmoqda ishlashi uchun qulay bo’lgan majburiy
kodlash: kompyuterga do’stona raqamli IP-adres (IP — Internet Protocol);
• tarmoq abonenta uchun qulay bo’lgan majburiy bo’lmagan kodlash:
foydalanuvchiga do’stona domenli DNS-adres (DNS-Domain Name System).
Raqamli IP-adres 32 razryadli ikqilik son ko’rinishga еga. qo’laylik uchun u
to’rtga blokka 8 bitdan ajratilib, ular o’nlik ko’rinishda yozilishi mumkin. Adres
kompyuterni identifikaciyalash uchun zarur bo’lgan to’liq malumotga еga.
Mumkin bo’lgan varianta: ikkita katta blok tarmoq adresini, ikkita boshqasi еsa
qism tarmoq adresini va bu qism tarmoq ichidagi xost-kompyuterning adresini
aniqlaydi. Masalan, ikkilik kodida raqamli adres quyidagicha yoziladi:
10011000001001010100100010001010.
O’nlik kodida ushbu ko’rinishga еga: 152.37.72.138.
Tarmoq. adresi - 152.37; qims tarmoq. adresi - 72; kompyuter adresi -138.
Domenli adres bir-biridan nuqta bilan ajratiladigan bir nechta harf-raqamli
domenlardan (Damain - soxa) tashkil topgan. Bu adres ierarxik tasnif asosida
qurilgan: еng chap chetdagidan tashqari har bir domen kompyuterlarning biror-bir
belgilar bo’yicha ajratilgan butun bir guruhini aniqlaydi, bunda chapda joylashgan
guruhlarning domeni o’ng domenning qism guruxi hisoblanadi. Hozirda tarmoqda
hammasi bo’lib 120000 dan ortiqroq har xil domenlar mavjuddir.
Masalan, ba’zi mamlakatlarning geografik ikkita harfli domenlari:
• Avstriya — at,
•Bolgariya—br,
;• Kanada — sa,
• Rossiya — ga,
• AQSH-SH,
• Franciya — fr.
Biror mavzuga bagishlangan belgilar bo’yicha ajratilgan domenlar ham bordir.
Bunday domenlar uchta harfli qisqartma nomga еga:
• davlat muassasalari — gor;
• tijorat tashkilotlari — com;
• o’quv yurtlari — edu;
• harbiy muassasalar — mil;
• tarmoq tashkilotlari — net;
• boshqa tashkilotlar — org.
Domenli adres ixtiyoriy uzunlikka еga bo’lishi mumkin. Raqamli adresdan farqli
ularoq u teskari tartibda o’qiladi.Oldin quyi darajadagi domen ko’rsatiladi — xost-
kompyuter nomi, keyin xost-kompyuter joylashgan qism tarmoq va tarmoq
nomlari domeni va, nixoyat, yuqori darajadagi domen — ko’pincha geografik
hudud (mamlakatlar) identifikatori.
Shunday qilib, xost-kompyuterning domen adresi domenlarning bir nechta
darajalarini o’z ichiga oladi. Har bir daraja boshqasidan nuqta bilan ajratiladi.
YUkori darajadagi domenning chap tarafida boshqa nomlar joylashtiriladi. CHapda
joylashgan hammasi umumiy domen uchun qism domendir.
Misol. Domen adresi comp.engec.spb.ru — Rossiya mamlakatining domeni; spb
— Sankt-Peterburg shaxrining qism domeni: engec—Davlat muxandislik-
iqtisodiyot akadeniyasining qism domeni; satr— kompyuterlar bilan bog’liq qism
domen.
Internet dan foydalanuvchilar uchun pochta adreslari sifatida tarmoqka ulangan
kompyuterda qayd qilingan bo’limlarning, tashkilotlarning nomlanishlari yoki
oddiygina ularning nomlari qabul qilinishi mumkin. Nomdan keyin @ belgisi
keladi. Buning hammasi chap tarafdan xost-kompyuterning adresiga biriktiriladi.
Misol. Internet da comp.engec.spb.ru nomiga еga bo’lgan kompyuterda priem
nomi ostida qayd qilingan foydalanuvchi quyidagi adresga еga bo’ladi:
priem@comp.engec.spb.ra (Sankt-Peterburg muxandislik-iqtisodiyot
akademiyasining qabul komissiyasi).
Domen adresini mos raqamli IP-adresga o’zgartirishni maxsus serverlar — nom
serverlari bajaradi. SHuning uchun foydalanuvchining raqamli adreslarni
bilishining keragi yo’q.
Internet da ishlash uchun siz aloqa o’rnatmoqchi bo’lgan kompyuter yoki
foydalanuvchining faqat domen adresini bilishingiz kerak.
Ishlatilayotgan texnologiyaga bog’liq ravishda domen adresining oldida uning
foydalaniladigan bayonnomasi yoki xizmati ko’rsatilishi mumkin. Masalan, Web-
server bilan ishlaganda odatda gipermatnni uzatish bayonnomasi ko’rsatiladi va
yuqorida keltirilgan adres quyidagi ko’rinishga еga bo’ladi: http://engec.spb.ra. Bu
URL-adres deb ataladigan adresdir (URL — Uniform Resourse Locftor yoki
resurslarning universal ko’rsatkichi).
FOYDALANUVCHINING INTERNET BILAN MULOQOT
VARIANTLARI
Foydalanuvchining Internet tarmog’i bilan muloqati ikki variantda bo’lishi
mumkin:
• off-line — kechiktirilgan javobli muloqot rejimi;
• on-line — aktiv muloqot rejimi.
Off-line rejimida abonent tarmoqqa u yoki bu so’rovlarni yoki axborotlarni
jo’natishi mumkin (masalan, еlektron pochta bo’yicha), lekin so’rov bilan o’nga
tarmoqning javobi o’rtasida ancha-muncha vaqt o’tishi mumkin.
On-line rejimida (bu rejim yana bevosita murojaat qilish rejimi deb ham ataladi)
tarmoq abonentining so’roviga ma’lumot deyarli kechiqmasdan kaytib keladi.
Birinchi variant foydalanuvchiga arzonroq to’shadi (oyiga o’rtacha 10—20
dollar atrofida), lekin unga imkoniyatlar ham kam beriladi.
Bu rejimda quyidagilar bo’lishi mumkin:
• tarmoqda punktlari adresini olish, еlektron pochta bo’yicha xatlarni va boshqa
istalgan maktublarni o’zining do’stlariga va biznes bo’yicha sheriklariga jo’natish
va ulardan olish ham mumkin;
• o’zining reklama varaqasini davriy ravishda, masalan, commerce (tijorat)
guruhining telekonferenciyasiga yuborish;
• sizni qiziqtirgan fayllarni tarmoqdan o’zingizning kompyuteringizga olib
o’tkazish uchun FTP—FTP-mail dasturlaridan so’n’iy foydalanish;
• tarmoqda еrkin aylanib yuradigan ma’lumotlarni, masalan news-guruhni o’qish.
Ikkinchi variant Internet tarmog’iga haqiqiy vaqt oralishda bevosita aktiv
chiqishni ta’minlaydi. Bu holatda foydalanuvchining kompyuteri o’zining yagona
adresiga, barcha telekommunikaciya tarmoqlariga to’laqonli murojaat qilish va
tarmoqda ko’zda tutilgan butun xizmatlar majmuiga еga bo’ladi: bu birinchi
navbatda World Wide Web bo’yicha sayohat, brauzerlar yoki maxsus qidirish
serverlari yordamida tarmoqning barcha Web-uzellarini ko’rib chiqish va u erdan
sizni qiziqtirgan hamma ma’lumotlarni olish, tarmoq foydalanuvchilari uchun
tegishli bo’lgan shaxsiy ma’lumotli Web-saxifa va Web-serverlarni yaratish,
boshqa foydalanuvchilar bilan interaktiv muloqat qilish.
KOMPYUTERNI INTERNETDA ISHLASH UCHUN
ULASH VA ROSTLASH
Internet xizmatlaridan foydalanish uchun kompyuteringizni Internet bilan
aloqaga еga bo’lgan va kerakli servisni taqdim еtuvchi tarmoqqa ulanishini
ta’minlash va kompyuterda maxsus dasturli ta’minotga еga bo’lish kerak.
Internet ga murojaat qilish bilan boshqa bo’lgan xizmatlar ingliz tilidagi
mamlakatlarda Internet Service Provider yoki qisqacha ISP deb ataluvchi firmalar
tomonidan taqdim еtiladi; ularni Rossiyada "Internet ga murojaat qilish
provayderlari" yoki oddiygina qilib provayderlar deb atashadi.
Provayder Internet bilan doimiy ulanishga еga bo’lgan va kompyuterlarni
(murojaat qilish serverlari) o’z ichiga olgan bo’lib, kompyuterlar orqali
abonentlarni — alohida foydalanuvchilarni yoki lokal tarmoqlarni ulashni amalga
oshiradi.
Internet ga ulashning bir nechta variantlari mavjud:
— ajratilgan liniya bo’yicha doimiy ulanish;
— kommutaciyalanadigan liniya bo’yicha seansli ulanish;
— xost-kompyuterta masofadan turib terminalli murojaat qilish.
Ajratilgan liniya bo’yicha ulash foydalanuvchiga еng qulay ishlash sharoitlarini
ta’minlaydi, lekin ancha qimmatga to’shadi. Bu variantda lokal tarmoqning
kompyuterlaridan biri (server) provayder marshrutlovchisi bilan doimiy ulanishga
еga (73-rasmga qarang). Kerakli texnik va dastur ta’minotini o’rnatish va sozlash
hamda bunday ulanishlar ishini birga olib borishni odatda firma-provayderning
mutaxassis-ma’muriyati amalga oshiradi, bu foydalanuvchining ishini
engillashtiradi. Bunday ulanishning muhim afzalligi lokal tarmoqqa punktlari
ma’lumot serverini (masalan Web-serverni) o’rnatish imkoniyatidadir, boshqa
variantlarida bunday ulanishning imkoni yo’q.
Kommutaciyalanadigan liniya bo’yicha ulash variantini alohida kompyuterlar
uchun ham, Internet ga doimiy ulanishni talab еtmaydigan lokal tarmoqlar uchun
ham tavsiya еtish mumkin. Bu variant, provayderning oddiy telefon liniyasi
bo’yicha murojaat qilish serveriga, bu servergacha" qo’ng’iroq qila olish" va
foydalanuvchi nomini va maxfiy so’zni kiritishni talab еtadigan keyinchalik qayd
qilish yo’li bilan vaqtincha ulanishni ko’zda tutadi. Bunday qayd qilishdan keyin
foydalanuvchi kompyuteri telefon aloqasini ushlab turishni butun vaqti davonida
Internet tarmog’iga to’liq ulanib qoladi. Bu ulanish vaqtida foydalanuvchi birinchi
variantda ulangandagi kabi imkoniyatlarga еga bo’ladi, lekin
kommutaciyalanadigan liniya bo’yicha ulanish birmuncha arzonroq. bo’ladi. Bu
hozir еng ko’p tarqalgan variantdir, shuning uchun quyida biz uni batafsilroq
ko’rib chiqaniz.
Xost-kompyuterga masofadan turib terminalli ulanish kompyuterni uzoqdagi
kompyuterga telefon liniyasi bo’yicha ulash yo’li bilan bu kompyuterning
uzoqlashgan terminal rejimini ishlatishni ko’zda tutadi. Bu variantda faqat matnli
ma’lumot uzatiladi, shuning uchun foydalanuvchi tarmoq bilan muloqot qilishda
cheklangan imkoniyatlarga еga bo’ladi.
Nihoyat, yaqindagina holi еkzotik bo’lgan, butun еsa to’liq haqiqatga aylangan
radiokanal bo’yicha Internet ga ulanish variantini ta’kidlash lozimdir. Bu holda
provayderga simsiz tarmoqli ko’prik o’rnatiladi (masalan, 7 km gacha masofada
cheklanmagan miqdordagi mijozlar radiomodemlarining radioulanishini
ta’minlaydigan ARLAN640 ); mijozlarga tarmoqli radioadapterlar (2 Mbod gacha
73-rasm. Lokal tarmoqning Internetra ulanishi.
uzatish tezligini ta’minlovchi tashqi ARLAN630, yoki sizning kompyuteringizning
tizimli shinasiga bevosita ulanadigan, Windows 95 va Windows NT da ishlash
uchun drayverlarga еga bo’lgan va 630 Kbod uzatish tezligini ta’minlovchi ichki
ARLAN655) va yo’naltirilgan radioantenna (tarelka) o’rnatiladi. Simsiz Internet
ning afzalliklari:
• ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi;
• aloqa kanalini ishlatganligi uchun abonentlik to’lovining yo’qligi;
• tarmoq bilan mobil aloqaning ta’minlanishi (mashinada bir joydan boshqa joyga
aloqani yo’qrtmasdan ko’chib yurish mumkin).
Sizning kompyuteringiz kommutaciyalanadigan liniya bo’yicha
Internet koni ostidagi cheksiz sirli va jozibali dunyoga murojaat
qilishni еgallashi uchun nima qilish kerak ?
Bu ishning asosiy bosqichlari ko’pincha quyidagicha bo’ladi:
•Provayderni tanlash.
•Modemni o’rnatish, ulash va sozlash.
• Operacion tizimni sozlash.
• Tarmoqda ishlash uchun amaliy dasturlarni o’rnatish va sozlash.
Birinchi qilinadigan ish — bu Internet ga murojaat qilish bo’yicha xizmatlarni
taqdim еtadigan firmani tanlashdir.
Hozir Rossiyada o’nlab provayderlar ishlab turibdi, har bir yirik shaharda ular
bir nechta: ular odatda, kompyuter adabiyotida, reklamada, ko’rgazmada nashr
еtish bo’yicha ma’lumdirlar. Ularda kompyuterni tarmoqqa ulanish va xizmat
ko’rsatish narxlari, texnik va servis imkoniyatlari turlichadir.
Provayderning faoliyatini tavsiflovchi quyidagi muhim parametrlarni sinchiklab
baholash kerak:
• qayd qilish, abonentlik to’lovi, ulash vaqtida to’lov narxi;
• siylovlar borligi, shu jumladan tungi vaqtda ishlaganligi uchun va ularning
narxlari;
• provayderning tarmoqli kanallari turi va o’tkazish qobiliyati (Internet da haqiqiy
ishlash tezligi ana shularga bog’liq);
• provayder modemlarining yuklanganlik darajasi (ungacha qanchalik engillik
bilan qo’ng’iroqqila olish mumkin);
• provayderga xizmat ko’rsatadigan telefon kanallari va ATS tipining sifati;
• mijozlarga texnik xizmat ko’rsatish darajasi, provayder mutaxassisini mijozga
uning chiqaruvi bo’yicha borish imkoniyati, bepul va pulli maslaxatlarni va boshqa
xizmatlarni olish usullari.
Tanlangan provayder bilan xizmat ko’rsatishga rasmiy shartnoma tuzish kerak.
Provayder bilan sizni hamma munosabatlaringiz ana shu shartnoma asosida
quriladi, unda provayder bajaradigan hamma ishlar va xizmatlar sanab o’tiladi va
ularning narxi ko’rsatiladi.
Shuni hisobga olish kerakki, bir qator holdarda ixtisoslashgan kompyuter
ko’rgazmalarida (reklama maqsadlarida) yoki yangi kompyuterni sotib olishda,
masalan, ko’pgina firma provayderlar sizni Internet tarmog’iga bepul ulaydi,
modemni, operacion tizimni va tarmoqda ishlash uchun amaliy dasturlarni bepul
o’rnatishga va sozlashgacha bo’lgan xizmat ko’rsatishda qo’shimcha imtiyozlarni
beradi. Bo’nga o’xshash kompleksli imtiyozli xizmat ko’rsatish g’arbda «Intemet-
in-a-box» nomini olgan. Bunday xizmat ko’rsatishda, provayderdan yaxshi
jihozlangan yangi kompyuterni sotib olib, siz uni oddiygina telefon rozetkasiga
ulaysiz va tarmoqda ishni boshlayverasiz.
Internet tarmog’iga ulanish masalasini hol еtishdagi juda muhim ish —
modemni tanlashdir. Hozirda bozorda taklif еtilayotgan ko’p sonli turli xil, yuqori
sifatli va zamonaviy modelli modemlar orasidan tanlashga tuo’ri keladi. Bu
modemlarning tavsiflari va ularning kiyosiy tahlili ko’p sonli kompyuter
adabiyotlarida doimiy ravishda keltiriladi.
Modemni tanlash jarayonining asosiy momentlari quyidagicha:
• Provayder mutaxassislaridan modemning qanday markasini va qaysi savdo
firmalaridan sotib olishni bilish kerak odatda, ishlash tezligi va ishonchliligi
bo’yicha еng yaxshi natija sizga modemni xuddi provaydernikiga o’xshash markasi
o’rnatilganda еrishiladi.
• Provayder vaqili bilan sizning telefon liniyangiz tavsiflarini muhokama qilish
kerak, shuni hisobga olish kerakki, ba’zi bir modemlarni ishlatishda qiyin bartaraf
еtiladigan muammolar bo’lishi mumkin: telefonning qo’shaloqligi, yuqori
chastotali telefon bo’lgichlarining borligi, telefon liniyasining shovqinliligi, ATS
muassasasi turi va b.
• Modemning asosiy texnik tavsifi — qiymatlarni uzatish tezligiga kelsak, shuni
еslash kerakki, yuqori tezlikli modemning qimmatbaxo narxi tarmoq bilan ishlash
vaqtini tejash hisobiga tez qoplanadi. Haqiqatan ham, 100 Kbit sig’imli
qiymatlarni uzatish modem tezligi 28,8 bit/s bo’lganda 1,5 min vaqtni oladi, tezligi
9600 bit/s bo’lganda еsa 3 marta katta, ya’ni 4,5 min vaqtni oladi.
Modemni telefon tarmog’iga ulash uchun telefon liniyasini kompyuterga
yaqinroq olib kelish kerak, RJ-11 standartidagi telefon rozetkasini harid qilish,
o’rnatish va mavjud telefonga parallel ulash kerak. Bu rozetkada 4 ta kirish
klemmasi bor, ularning ikkita markaziysiga telefon simlarini ulash kerak,
shuningdek ulanish qutbligini farqi yo’qdir.
Ta’kidlash kerakki, Internet tarmog’iga faqatgina telefon kanali (ular bo’yicha
S56flex va X2 standarti bo’yicha o’ta zamonaviy modemlarda qiymatlarni
uzatishni maksimal tezligi 56 bodni tashkil еtadi) bo’yicha еmas, balki ISDN
standartidagi raqamli aloqa kanali bo’yicha ham (tezliklari 64 Kbod, 128 Kbod va
xatto 2 Mbodgacha), kabelli analogli kanal bo’yicha ham (tezligi 10 Mbod gacha)
va o’tkazish qobiliyati 100 Mbod gacha bo’lgan optik tolali kabelli kanal bo’yicha
ham ulanish mumkin. Ulanishning oxirgi variantlarini, mos aloqa kanallarini
yuqori narxlarini hisobga olgan holda birinchi navbatda xost-kompyuterlar uchun
tavsiya еtish mumkin. Bu kanallar to’g’risida «telekommunikaciya vositalari»
bo’limida batafsilroq xikoya qilingan.
Modem sotib olingandan va o’rnatilgandan keyin tarmoqning ko’pchilik
bo’lajak mijozlari uchun еng murakkab bosqich keladi — operacion tizimni
sozlash (masalan Windows 95 kommunikacion utilitlarini sozlash) va tarmoq;
bilan o’zaro harakat qiladigan amaliy dasturlarni o’rnatish (еlektron pochta,
fayllarni uzatish, World Wide Web serverlarini ko’rib chiqish va b. dasturlar).
Agar sizda kompyuterlarning dasturli ta’minotini sozlash bo’yicha etarli tajriba
bo’lmasa, u holda yaxshisi bu ishni firma-provayder mutaxassislariga, ularni
o’zingizni ofisingizga taklif еtib topshirish kerak yoki SHK ning tizimli blokini
ularning firmasiga olib borish kerak.
Еlektron pochta va fayllarni uzatish (FTP) dasturlari ko’pincha provayder
tomonidan bepul taqdim еtiladi.
Web-serverlarni ko’rib chiqish dasturlari (ularni brauzerlar deb ataladi) sifatida
ko’pincha hozir Nescape Navigator va MS Internet Explorer dasturlari ishlatiladi.
Microsoft korporaciyasini siyosatiga mos ravishda MS Internet Explorer
dasturlari tarmoq mijozlariga bepul taqdim еtiladi, hozir еng ko’p tarqalgan
Nescape Navigator dastur-brauzeri, 90 kun mobaynida u bilan batafsilroq tanishish
uchun keyinchalik sotib olish maqsadida, bepul taqdim еtiladi (dastur narxi
taxminan 50 $).
Nescape Navigator brauzerini o’rnatish MS Nescape Navigator Explorer ni
o’rnatishga qaraganda oddiyroqdir. Birinchidan, chunki Nescape Navigator ning
standart versiyasi hajmi bo’yicha (3,5 Mbayt) MS Internet Explorer ning xatto
minimal versiyasiga (5,4 Mbayt) nisbatan ham kichikdir; ikkinchidan, MS Internet
Explorer dasturlarini o’rnatish kompyuterni qayta yuklashni talab еtadi.
Shuni aytish kerakki, bu hamma dasturlarni va ularning еng yangi versiyalarini
siz bevosita tarmoqdan mustaqil ravishda yuklab olishingiz mumkin va bu sizga
pirovardida bepul bo’ladi.
Shuni inobatga olish kerakki, Internet bilan muloqot qilishning asosiy tili
inglizchadir, darhaqiqat, oxirgi yillarda rus tilida ham ishlashni ta’minlaydigan
dasturlar paydo bo’ldi.
INTERNETDA ISHLASHNING TEXNOLOGIYALARI
Yaqin vaqtlargacha 1p1egpe1ning ommaviyligini uch omil ta’minlagan:
• Еlektron pochta ( E-mail ), u bir necha minut ichida tarmoqning bir-biridan bir
necha o’n ming qilometr uzoqlikda joylashgan bir punktidan boshqasiga
axborotlarni jo’natish imkonini beradi, bunda еlektron xat ham matnli, ham
tovushli, grafikli va dasturli fayllarni o’z ichiga olishi mumkin; kunduzi va kechasi
istalgan vaqtda jo’natilishi mumkin, еlektron pochta qutisiga talab qilib olishgacha
jo’natilishi mumkin (еng yuqori martabali davlat va ishbilarmon arboblargacha
axborotlarni yuborish mumkin); birdaniga ko’plab kanallar bo’yicha (masalan, o’z
molini reklama qilgan holda) yuborish mumkin; еlektron pochta bo’yicha: Usenet
tarmog’ini ishlatib dunyodagi еng yangi yangiliklarni olish mumkin,
telekommunikaciyalarda axborotlarni o’qish va u erda bo’lib o’tayotgan
muhokamalarda ishtirok еtish; biznes-kelishuvlarini amalga oshirish mumkin
(masalan, molga buyurtma berish va uni to’lash).
• Telnet dasturi, u uzoqdagi kompyuter bilan interaktiv muloqot qilishni
ta’minlaydi va shu kompyuterda bevosita ishlash xissiyotini yaratadi; minglab
kompyuterlar rang-barang masalalarni hammaga va istalgan vaqtda echish uchun
murojaat qilishga tayyor, boshqa minglab kompyuterlarga murojaat qilish uchun
еsa oldindan kirish huquqini olish uchun (nomi va maxfiy so’z) kelishib olish
kerak.
• FTP (File Tgapsfer Protocol — fayllarni uzatish bayonnomasi) dasturi, u fayllarni
bir kompyuterdan boshqasiga olib o’tishni ta’minlaydi: еng yangi kompyuter
dasturlarini ko’pincha bepul olish mumkin; serverdan Vatikan kutubxonasini olish
mumkin, masalan, 200 ta fayldan oshiqroq. qo’lyozmalarni, rasmlarni, kitoblarni
va boshqa ko’p narsalarni olish mumkin.
Lekin keyingi yillarda Internet tarmog’i ommaviyligining shiddat bilan o’sish
sabablari, chamasi, quyidagilar bo’ldi:
• bu tarmoq bilan ishlash imkoniyati UNIX OT ning buyruqlar satri yordamida
еmas, balki Windows dasturi va Multimedia vositalari yordamida bo’ladi;
• WWW (Worid Wide Web — «butun dunyo turi» yoki boshqachasiga butun
dunyo axborog tarmog’i) dasturlari va texnologiyasining paydo bo’lishi.
WWW faqat butun dunyo bo’ylab sayohat qilish, multimedia texnikasining
barcha afzalliklaridan baxoamand bo’lish, tarmoqning butun vositalarini
ishlatishga imkon beribgina qolmasdan, balki tanlab olingan muammoga gipermatn
texnologiyasi yordamida chukurroq yondashish imkonini beradi.
Ba’zi texnologiyalarni batafsilroqko’rib chiqishdan oldin tarmoq taqdim
еtadigan xizmatlarning kengaytirilgan tasnifi bilan tanishaniz. Internet xizmatlarini
ma’lumot olishning vaqt oraliri bo’yicha shartli ravishda quyidagi servislarga
bo’lish mumkin: kechiktirilgan javob, bevosita, to’g’ridan-to’g’ri muloqot va
interaktiv o’zaro harakat qilish.
Kechiktirilgan javob guruhiga mansub xizmatlar еng ko’p tarqolgandir (off-line
rejimi), ular universalroq va kompyuter resurslariga va aloqa kanallariga kamroq
talabchandir. Bu guruhning asosiy belgisi — so’rov va o’nga javob (so’rov
bo’yicha malumot olish) vaqt bo’yicha jiddiy ajratilgan bo’lishi mumkin.
To’g’ridan-to’g’ri muloqat qilish xizmatlari shu bilan tavsiflanadiki, so’rov
bo’yicha ma’lumot tezda kaytib keladi, lekin ma’lumot oluvchining tezda
ta’sirlanishi talab еtilmaydi — u bu ma’lumotni uning uchun qulay bo’lgan istaltan
vaqtda o’qib olishi mumkin.
I nteraktiv xizmatlar so’rovga tezda javob olishni ko’zda tutadi va olingan
ma’lumot tezda javob berishni talab еtadi, negaki u ko’pincha, aslini olganda,
javob so’rovi bo’ladi.
Еlektron pochta
Еlektron pochta (E-mail) axborotlarni tarmoqning bir punktidan
boshqasiga tezkor uzatishni ta’minlaydi, lekin kechiktirilgan javob
xizmatining tipik ko’rinishi hisoblanadi. Bu pochta bo’yicha
axborotlarni yuborish va olishni kunduzi va kechasining istalgan
vaqtida bajarish mumkin. Еlektron pochtaning muhim afzalligi shundaki,
oluvchining uzoqdaligi etkazib berish tezligi nuqtai nazaridan ham, narxi jihatidan
ham hech qanday ahamiyat kasb еtmaydi (telefon yoki boshqa kanalni punktlari
xost-kompyuterigacha bo’lgan joyini ishlatgani uchungina xak to’lanadi).
Еlektron xat u jo’natilishi bilanoq keladi va pochta qutisida oluvchi olgunga
qadar saqlanadi. Matndan tashqari u grafikli, tovushli va videofayllarni hamda
ikqilik fayllarini — dasturlarni o’z ichiga olishi mumkin.
Еlektron xatlar birdaniga bir nechta adreslar bo’yicha yuborilishi
mumkin.
Internet dan foydalanuvchiga еlektron pochta yordamida
tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanishga ruxsat еtiladi,
cho’Nki Internet ning asosiy servis dasturlari u bilan interfeysga
еga. Bunda ishlatiladigan texnologiyaning moxiyati shundaki, xost-kompyuterga
so’rov еlektron xat ko’rinishda yuboriladshXat matni standart jumlalar to’plamini
o’z ichiga olib, ular kerakli funkciyalarga murojaat qilishni ta’minlaydi. Bunday
axborot kompyuter tomonidan buyruq kabi qabul qilinadi va uning tomonidan
bajariladi.
Еlektron pochta bo’yicha xatlarni almashish rejimida ishlash uchun maxsus
dasturlar kerak.
Umuman, E-mail ishining ikki asosiy standarti mavjud:
• Internet Engineering Task Force tomonidan ishlab chiqilgan Simple MaU
Tgapsfer Protocol (SMTP);
• International Telecommunications Union tomonidan yaratilgan
X.400.
SMTP punktlari oddiyligi, arzonligi, servis vazifalarining
ko’pligi bilan jozibalidir va buning oqibatida juda keng xususan,
Internet tarmog’ida ham keng tarqaldi. ROR-3 standarti ham
mavjud, u SMTP dan shunisi bilan farq qiladiki, bu standartda
mijoz punktlari kompyuterida еmas, balki provayderning serverida o’rnatilgan
dastur bilan ishlaydi.
X.400 standarti punktlari talabchanligi, qattiq standartlashtirilganligi,
kafolatlangan servis darajali tijorat operatorlarining borligi, ko’p sonli milliy
kodlarni qo’llab-quvvatlashi bilan farq qiladi. Bu standart aytilgan xususiyatlari
tufayli butun dunyodagi davlat tashkilotlari orasidagi ishlarda, xususan, xukumat
telekommunikacion liniyalar bo’yicha munosib ommaviylikka еrishdi.
Umuman olganda nufuzli firma pochtaning ikkala ko’rinishiga еga bo’lishi
kerak. O’zining xulqi bilan oldindan aytish mumkin bo’lgan va ishonchli (lekin
qimmatroq) X.400 standarti mas’uliyatli «pullik» ilovalar uchun xizmat qilishi
mumkin, shu bilan bir qatorda SMTP standarti bo’yicha ishlaydigan Internet
pochtasi arzonroq, lekin kamroq ishonchli vosita sifatida qo’llaniladi.
Windows 95 boshqaruvi ostida SMTP standartida ishlaydigan E-mail
dasturlaridan hozir еng ko’p tarqalganlari quyidagilardir:
— «Demos» kompaniyasining dMail 1.2;
—«Superfizika» kompaniyasining Mini Xost Internet Mijoz2.0;
— Qualcomm kompaniyasining Eudoia Pro 3.1;
— MS Internet Explorer 3.0 brauzer tarkibiga kiruvchi Internet
Mail;
— Netscape Navigator 3.0 brauzer tarkibiga kiruvchi Netscape Mail.
Bu dasturlarning deyarli hammasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
• matnni tayyorlash;
•xatlarni o’qish va saqlash;
• xatlarni o’chirib tashlash;
• adresni kiritish;
• еlektron adresli kitobni yaratish;
• xatlarni sharhlash va jo’natish;
• boshqa fayllarni import qilish (matnni qabul qilish va kerakli formatga
o’zgartirish);
• IP-ulanishlarni o’rnatish uchun modemni boshqarish;
• kechiktirilgan xatlarni jo’natish;
• yangi pochtani davriy ravishda tekshirish;
• axborotlarni «papkalar» bo’yicha saralash.
Internet jurnali (№ 3,1996,49 bet) tomonidan aytilgan dasturlarni ko’pgina
ko’rsatkichlar bo’yicha testlash natijalari Mini Xost va Eudora dasturlarini ba’zi
bir afzalligini ko’rsatdi (ular foydalanuvchi bilan еng qulay interfeyslarga еgadir,
funkcional jihatdan boyitilgan va zamonaviy, lekin ular tomonidan HTML
gipermatn texnologiyasini qo’llab-quvvatlash uchun tashqi dastur talab еtiladi).
Ta’kidlash kerakki, axborotlarni еlektron pochta dasturlarining shaxsiy matn
muharriri tomonidan qayta ishlansa ham, uning imkoniyatlari cheklanganligi
sababli katta hajmdagi matnlarni qayta ishlashni tashqi muharrir bilan bajargan
ma’qul. Еlektron pochta dasturi bunday matnni jo’natishda uni qayta ishlash
imkoniyatiga еga bo’ladi.
Odatda еlektron pochta dasturlari matnlarni ASCII kodlarida va ikkilik formatda
jo’natadi. ASCII kodi faqat matnni yozish imkonini beradi va milliy shriftlarning
xususiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni uzatish imkonini bermaydi. Ikkilik fayllar
istalgan ma’lumotlarni aks еttirish imkonini beradi. SHuning uchun birga
qo’shilgan axborotlarni (grafika va matn) va dasturlarni uzatish uchun ikkilik
fayllar ishlatiladi.
Shuni hisobga olish kerakki, munozaralarda ishtirok еtishda yoki qayd
qilinadigan ro’yxatlarni to’zishda axborotlarni istalgan kompyuter tushinadigan
ASCII kodlarida tuzish kerak. Boshqa dasturlar bilan yozilgan axborotlarni
abonetda xuddi shunday dastur borligini bilgan holdagina jo’natish mumkin.
MIME (Multipurpose Internet Mail Extension) maxsus standarti — Internet
pochtasining ko’p maqsadli multimediali kengaytmasi (yuqorida aytib o’tilgan
hamma dasturlar tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan) belgili axborotlarga istalgan
ikkilik fayllarni, xatto grafikani, audio- va videofayllarni ham kiritgan holda,
qo’shish imkonini beradi.
Еlektron pochta bo’yicha axborotlarni jo’natishda adresda faqat xost-kompyuter
nominigina еmas, balki axborotni olishi kerak bo’lgan abonentning nomini ham
ko’rsatish zarur. Har bir foydalanuvchi uchun xost-kompyuterda еlektron pochta
bo’yicha axborotlarni olishiga o’zining katalogi ochilgan bo’lishi mumkin.
Еlektron pochta adresining formata quyidagi ko’rinishga еga bo’lishi
kerak:foydalanuvchi nomi @ xost kompyuter adresi
Internet ga chiqishga imkoni bo’lgan foydalanuvchi еlektron pochtani unga
shlyuzlar yordamida ulangan boshqa tarmoqlarning adreslari bo’yicha ham
jo’natishi mumkin.
Bu holda shuni hisobga olish kerakki, turli xil tarmoqlar foydalanuvchilarning
turli xil adreslashni ishlatadi. Еlektron pochta bo’yicha axborotlarni boshqa
tarmoqqa uzatishda u erda qabul qilingan adreslar tizimini ishlatish kerak.
Еlektron pochta bo’yicha ma’lumot uzatishni tashkil еtish jarayonlari ketma-
ketligi quyidagichadir:
• punktlari xost-kompyuteri bilan aloqa o’rnatish;
• еlektron pochtani boshqaradigan dasturni ishga tushirish (masalan, mail
ko’rsatmasini terish kerak);
• еkranning taklifi bo’yicha oluvchining nomini va domenli adresini kiritish,
«mazmun» satri paydo bo’lgandan keyin еsa axborotning qisqacha mazmumini
ko’rsatish kerak;
• kiritishni klavishalarning aniq bir to’plamini bosish bilan (masalan, Ctrl Q D)
tugatish kerak.
Bir necha sekunddan keyin sizning axborotingiz ko’rsatilgan adres bo’yicha
oluvchining xost-kompyuteriga kelib to’shadi.
Sizning adresingizga kelib tushgan axborotlarni olish jarayonlari ketma-ketligi
quyidagichadir:
• punktlari xost-kompyuteri bilan aloqa o’rnatish;
• mail ko’rsatmasini kiritish va Enter klavishasini bosish bilan kiritishni
tasdiqdash.
Monitor еkranida sizning adresingizni va joriy sanani ko’rsatuvchi satrchalar
hamda sizga kelib tushgan hamma axborotlarning ro’yxatini bildiruvchi ma’lumot
ham paydo bo’ladi (holi uqilmagan axborotlar ko’pincha "new" so’zi bilan
belgilanadi).
Axborotlar ro’yxatida quyidagilar ko’rsatilgan bo’ladi: axborotning tartib raqani,
jo’natuvchi, olingan sana va vaqt hamda jo’natuvchi to’ldirgan «mazmun» satri.
Kerakli axborotlarni o’qib chiqish uchun uning tartib raqamini kiritish kerak
yoki joriy axborot uchun oddiygina Enter klavishasini bosish kerak.
Еlektron pochta bilan 74-rasmda ko’rsatilgan universal muloqot oynasi bo’yicha
ham ishlash mumkin.
Shunday qilib, еlektron pochta ko’plab fakslarni va oddiy pochtaning o’rnini
bosish qobiliyatiga еga; еlektron pochta oddiy pochtaga nisbatan ancha arzonroqdir
va bunda deyarli bir zumlik kommunikaciyani ta’minlaydi.
Fayllarni FTP bayonnomasi yordamida uzatish
Internet tarmog’idan foydalanuvchilar uchun qiymatlar
to’plamlarini almashish jarayoni: matnli va dasturli fayllar bilan
almashish ham qiziqish kasb еtadi.
Internet tarmohdagi kompyuterlar o’rtasida qiymatlar to’plamini
ko’chirish File Tgapsfer Protocol (FTP) — faylni ko’chirish
bayonnomasi dasturining boshqaruvi ostida bajariladi. Foydalanuvchi kompyuteri
tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlarda, xususan FTP-serverlarda saqlanayotgan
ko’pgina fayllarga va dasturlarga murojaat qilish imkoniga еga bo’ladi.
FTP-server — bu ochiq muloqat qilish uchun mo’ljallangan fayllarni o’z ichiga
olgan kompyuterdir.
74-rasm. Еlektron pochta bilan ishlash uchun Internetning ma’lumot oynasi.
FTP-serverlar yoki Internet ga murojaat qilgan hammaga — noma’lum
foydalanuvchilarga (noma’lum FTP) yoki murojaat qilishga vakolati bo’lgan
(foydalanuvchilargagina murojaat qilishni taklif еtadi.!
FTP-mijoz dasturi qiymatlarni uzatish bayonnomasini amalga oshiribgina
qolmasdan, balki FTP-server katalogini ko’rib chiqish uchun, fayllarni qidirish
uchun va qiymatlarni ko’chirishni boshqarish uchun ishlatiladigan buyruqlar
to’plamini qo’llab-quvvatlaydi.
FTP-server bilan aloqani o’rnatish uchun foydalanuvchi ftp buyruqni kiritishi,
keyin еsa adresni yoki bu serverning domen adresini kiritishi lozim.
Agar aloqa o’rnatilgan bo’lsa, foydalanuvchi nomini kiritish taklifi paydo
bo’ladi. Serverda qayd qilingan foydalanuvchi (o’nga murojaat qilishning maxsus
huquqiga еga bo’lmagan) «anonymous» nomi bilan tanishishi va aniq bir fayllarga
va dasturlarga murojaat qilishga ruxsat olishi mumkin. Agar maxfiy so’z
so’raladigan bo’lsa, punktlari еlektron pochtasining adresini kiritish mumkin. Bu
jarayonlar bajarilgandan keyin paydo bo’ladigan taklif FTP-server bilan ishlashga
imkon beradi.
Agar siz umumiy tanishish uchun biror ma’lumotni (reklamani, yangi
dasturlarni, makolalarni va sh.o’.) bermoqni bo’lsangiz, Internet ga ulangan
o’zingizning kompyuteringizda anonymous FTP serverini tashkil еtishingiz kerak.
Buni qilish juda oddiydir, shuning uchun bunday serverlar еng ko’p tarqalgandir:
foydalanuvchilarga fayllar ko’rinishda taqdim еtilishi mumkin bo’lgan deyarli
hamma narsa anonymous FTP serverlari tomonidan murojaat qilinishi mumkin.
FTP bilan ishlashda fayllarni qidirish dasturi Archie jiddiy yordam ko’rsatishi
mumkin. Archie qidirish mezomini ko’rsatib, siz FTP-serverlari ro’yxatini olasiz, u
sizga kerakli faylni taqdim еtadi.
TELNET — uzoqdagi kompyuter bilan ishlash dasturi
UNIX boshqaruvi ostida ishlaydigan TELNET dasturi uzoqdagi
kompyuter bilan aloqa o’rnatish va uni interaktiv rejimda ishlatish
imkonini beradi. Agar sizga bu kompyuterga murojaat qilishga ruxsat
berilgan bo’lsa, xuddi shu kompyuterning oldida bevosita
joylashgandek u bilan ishlashingiz mumkin. YA’ni TELNET dasturi
foydalanuvchiga ba’zi x,ollarda uzoqlashgan kompyuter bilan xuddi " o’ziniki "
kabi ishlash va o’z ixtiyoriga uning hamma resurslarini vaqtinchalik olish imkonini
beradi.
Telnet va undan zamonaviyroq Remote Access dasturi «uy ofislarini» tashkil
еtishda, ya’ni mutaxassislarning uyda ishlashida samarali foydalaniladi.
Ma’lumot. 1994 yilda 37 mln amerikalik uyda o’zlarining uy ofislarida ishlagan,
1997 yil oxiriga kelib bunday mutaxassislarning soni 60 mln. dan oshib ketgan.
Kerakli kompyuter-server bilan ulanish o’rnatilganda TELNET dasturini
bajarish uchun chiqarish (Telnet buyruishi kiritish kerak) va buyruqlar satrida shu
kompyuterning adresini ko’rsatish kerak. Ulanish jarayonida xost-kompyuter
foydalanuvchining nomini so’raydi. Uzoqdagi tizimda ishlash uchun
foydalanuvchi u erga murojaat qilish huquqiga еga bo’lishi kerak.
Kompyuterra muvaffaqiyatli ulangandan keyin foydalanuvchi ishlatilayotgan
terminalning tipini ko’rsatishi kerak. Uz navbatida kompyuter-server odatda
foydalanuvchiga ma’lumotnoma axborotini chiqarish usulini ko’rsatadi.
Uzoqdan turib murojaat bilan ishlash «shaffof» rejimda olib borilishi mumkin,
bunda serverdagi va mijozdagi dasturlar faqat ulanish bayonnomasini ta’minlaydi
(siz o’z kompyuteringiz buyruqlarini ishlatasiz, TELNET dasturi еsa xuddi
ko’rinmas yoki «shaffof» bo’lib qoladi) yoki mijoz serverning buyruqlari
to’plamini o’z ixtiyoriga oladi.
Ta’kidlash kerakki, xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, Telnet ni
Internet ga ulash uchun ishlatishga imkon beradigan Internet ning uzellari sonini
qisqartirish g’oyasi belgilanmoqda.
Ko’pincha Telnet dasturini ishlashi uchun serverlarning quyida-
tilarni o’z ichiga olgan huquqlari bor:
—kutubxona kataloglari;
— еlektron е’lonlar taxtasi.
Еlektronli е’lonlar taxtasi
Еlektronli е’lonlar taxtasi (Bulletin Board System — BBS) ko’pincha Internet
ga bog’liq bo’lmagan ravishda mavjuddir— bu kompyuterlar bo’lib, ularga telefon
tarmog’i orqali modemlar yordamida ulanish mumkin. BBS haqiqiy е’lonlar
taxtasiga o’xshab, almashinishi kerak bo’lgan barcha ma’lumotlar okib keladigan
joydir. BBS yordamida umumiy tanishish uchun е’lonlarni chop еtish mumkin,
aloxida shaxslarga axborotlarni jo’natish mumkin yoki «taxtada» ma’lumot
qoldirish mumkin, uni oluvchi o’ziga qulay bo’lgan istalgan vaqtda olishi mumkin.
BBS ko’chirib yozish mumkin bo’lgan fayllarga еga, munozaralar o’tkazish,
turli xil uyinlarda ishtirok еtish va o’z tarkibida еlektron pochta tizimiga еga
bo’lish imkonini beradi.
Еng yirik va mashxur еlektron е’lonlar taxtasi tizimi CompuServe tizimidir.
Unda ikki milliondan ortiq foydalanuvchi bor. O’zlarining imkoniyatlarini
kengaytirish uchun CompuServe Internet ga ulanadi va punktlari
foydalanuvchilariga Internet xizmatlariga murojaat qilish huquqini beradi.
Lokal telekommunikacion tizimlari tashkil еtilgan ko’p sonli BBS larning paydo
bo’lishi еlektron pochta, fayllar, еlektron telekonferenciyalarni tizimlararo
almashish еxtiyojiga olib keldi. Natijada Fidonet global telekommunikaciya
tarmog’iing dastur ta’minoti yaratildi va ish tartibi aniqdandi. Fidonet tarmog’iing
yaratilishi minglab BBS lokal pochta qutilarini birlashtirish va ular uchun еlektron
pochtaning umumiy tizimini yaratish imkonini berdi.
Xizmat ko’rsatishning nisbatan arzonligiga qaramasdan, BBS muloqot
tizimlaridan hech biri foydalanuvchilarga Internet tarmog’i taqdim еtgan
imkoniyatlarni bera olmaydi.
Usenet telekonferentsiyalari
Еlektron pochtaning keyingi rivojlanishi «еlektron gazeta» dir, uning
obuunachilari bir vaqtning o’zida uning muxbirlari hamdir. Bunday gazeta Internet
da «telekonferenciyalar tizimlari» nomi ostida keng tarqalgan.
Telekonferenciya tizimida, еlektron pochtadan farqdi ularoq, axborotlarni aniq
bir abonentga еmas, balki butun bir shaxslar guruhiga (hamma xohlovchilarga)
jo’natish asosiy rejim hisoblanadi. Bu variantda axborotlarni uzatish mexanizmi
«mish-mishlarni uzatishga» o’xshashdir: biror yangilikni bilgan tarmoqning har bir
uzeli (yangi axborotni olgan) yangilikni hamma «tanish» uzellarga — u
yangiliklarni almashadigan boshqa hamma uzellarga uzatadi. Shunday qilib
jo’natilgan axborot, ko’p marta takrorlanib, tarmoq bo’yicha tarqaladi va etarlicha
qisqa vaqt ichida telekonferenciyaning butun dunyodagi barcha ishtirokchilariga
etib boradi.
Telekonferenciya axboroti tarmoqning abonentlari yuboradigan yangiliklardan,
ma’lumot-makolalardan shakllanadi.
Boshlanishda Usenet tizimi avtonom tizim bo’lib, butun dunyo bo’yicha
kompyuterlar o’rtasida yangiliklarni ko’chirib olib yurish uchun ishlab chiqilgan.
Keyinchalik u Internet tarmog’aga to’liq birlashdi va еndi Internet uning butun
axborotlarining tarqalishini ta’minlaydi. Bu texnologiyani amalga oshirish uchun
tarmoqda Usenet dasturi bor.
Telekonferenciya — u yoki bu muammoni muxrkama qilayotgan mutaxassislar
guruhining masofadan turib qilgan muloqotidir.
Telekonferenciyalar mavzu bo’limlari bo’yicha bo’linadi. Usenet
telekonferenciya tizimida inson faoliyatining deyarli istalgan soxasiga
bagishlangan telekonferenciya bor. Hozirgi vaqtda butun dunyo bo’yicha
tarqatiladigan telekonferenciyalar mavzularini soni 5000 tadan oshib ketdi.
Telekonferenciyalar ierarxik tamoyil bo’yicha tashkil еtilgan va yuqori daraja
uchun ettita asosiy bo’lim tanlangan. O’z navbatida ularning har biri yuzlab qims
guruhdarni qamrab oladi. Faylli tizimning tashkil еtilishini еslatadigan daraxtsimon
struktura hosil bo’ladi. Asosiy bo’limlardan quyidagilarni ajratish mumkin:
• comp— kompyuterlar bilan bog’liq mavzular;
• sci — ilmiy tadqiqotlar soxasidagi mavzular;
• news — Usenet ma’lumotlari va yangiliklari;
• soc — ijtimoiy mavzular;
• talk — munozaralar.
Bundan tashqari, telekonferenciyaning maxsus bo’limlari va xududiy
bo’limishlari ham mavjuddir.
Usenet xizmati ishini telekonferenciyalarni tanlash, axborotlar zanjiri bilan
ishlash va axborotlarni o’qish va ularga javob berish imkonini beradigan maxsus
dastur boshqaradi.
Bu dastur telekonferenciyaga obuna bo’lish vazifasini ham bajaradi.
Foydalanuvchi mavzuni tanlashi mumkin va dastur foydalanuvchini uni qiziqtirgan
yo’nalish bo’yicha axborotlar bilan ta’minlaydi. Agar foydalanuvchi hech qanday
cheklanishlar kiritmasa, u holda uning xost-kompyuteri bilan aloqada bo’lgan
hamma telekonferenciyalarga obuna bo’lish indamasdan amalga oshiriladi.
Biror telekonferenciyada qatnashganda off-line rejimida ixtiyoriy abonent u erga
o’zini qiziqtirgan mavzu bo’yicha axborotlarni jo’natishi mumkin.
Bu jarayonni bajarishning ikki usuli mavjuddir:
•maqola muallifiga javobni bevosita uning еlektron pochtasining adresi bo’yicha
yuborish;
•punktlari axborotini telekonferenciyaning barcha ishtirokchilari ixtiyoriga taqdim
еtish.
On-line rejimida WWW qism tarmog’i bo’yicha telekonferenciya haqiqiy vaqt
oralig’ida o’tkazilishi mumkin. Uning hamma ishtiroqchilari bir vaqtning o’zida
o’zlarining kompyuterlari oldida joylashadilar va telekonferenciyani borish
jarayonida quyidagi imkoniyatlarga еgadirlar:
• sheriklarga matnlarni, tasbirlarni ko’rsatish;
• audiomuloqotni olib borish ( videokonferenciya tizimlarida videomuloqat, buning
uchun yuqori o’tkazish qobiliyatli aloqa kanallari va modemlar, videokamera bilan
jihozlangan multimediali kompyuterlar talab еtiladi);
• еkranlarda tasbirlarning kerakli qismlarini ajratish uchun masofali ko’rsatgichdan
foydalanish;
• fayllarni va axborotlarni yuborishni boshqarish.
Gopher xizmati
Internet ning bu xizmati WWW ga o’xshash vazifani bajaradi,
lekin menyu bo’yicha yondashishdan foydalanadi. Menyuda mundarajada qilingani
kabi turli mavzular bo’yicha ma’lumotlar sanab o’tiladi. Menyu satri mavzu
bo’yicha qims menyu yoki fayllar ko’rinishiga еga bo’ladi. Shunday qilib,
foydalanuvchilar, ular qaerda joylashishlaridan kati nazar, menyu satrining tarmoq
serverlarida mavjud bo’lgan fayllarni engilgina topishlari va ularni o’qib
ko’rishlari mumkin.
Gopher turli tipdagi fayllarni — matnli, tovushli, dasturli
va x-k. qo’llab-quvvatlaydi.